Girdob nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

"Girdob" deganda suvning bir nuqtada gir aylanishini, odamlar va kemalarni domiga tortayotgan dahshatli manzarani, shunday manzarani keltirib chiqargan o‘pqonni ko‘z oldimizga keltiramiz. Aslida, girdobning o‘rtasiga tushib qolish xavfli bo‘lsa ham hech nimani domiga tortmaydi.
Xo‘sh, unda girdob aslida nima? Albatta, siz ariq va jilgalarda oqayotgan suvdagi "girdobchalarni ko’p ko‘rgansiz. Ular suvdagi oqimning aylanma harakat qiluvchi nuqtalarida paydo bo‘ladi. Bir joyda aylanayotgan suv girdobidan tashqariga intilganida markazdan qochma kuch ta’sirida girdob o‘rtasida chuqurcha hosil bo‘ladi. Chelakni boshimiz uzra gir aylantirganimizda ham, undagi suv ayni shu markazdan qochma kuch ta’sirida chelakdan to‘kilmaydi.
Odamlar hayotiga va kemalarga xavf tug‘diradigan ulkan girdoblar qanday tabiiy xususiyatlarga ega bo‘ladi? To‘lqin to‘qnashganidan okeandagi oqimlarda ham gir-gar aylanadigan harakatlar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha bu orol va quruqlik o‘rtasidagi ensiz ko‘rfazlarda sodir bo‘ladi. Agar ko‘rfaz chuqur bo‘lsa, suv ko‘tarilishi paytida aylanayotgan massada o‘pqon paydo bo‘lishini kuzatishimiz mumkin. Lekin, yuqorida aytganimizday, ochiq okeanlarda girdob bo‘lmaydi. Okean girdobi aslida suvning ulkan ko‘lamda aylanishi, ya’ni turbulenT harakati, xolos.
Girdoblarni dunyoning turli mintaqalarida kuzatish mumkin. Ulardan eng mashhurlari Norvegiya sohili yaqinidagi "Malstrem", Italiya va Sitsiliya oraligidagi Xaribda ko‘rfazida, shuningdek, Niagara sharsharasining quyisida paydo bo‘ladigan girdoblardir.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80