Geliy nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Geliyning kashf etilishi ilmiy sarguzashtga o‘xshab ketadi. 1886 yidda ingliz olimi Norman Lokiyer spektroskop asbobi yordamida Quyosh yuzasini kuzatadi. Har bir kimyoviy moddaning o‘z muayyan spektr chizigi bo‘lgani uchun ham mazkur asbobda uning bor -yo‘qligini tekshirib ko‘rish mumkin. Spektrda shu paytgacha Yer yuzida noma’lum yangi moddaning noma’lum chizigi paydo bo‘ladi. Yangi moddaga yunoncha "Gelios" (Quyosh) so‘zidan kelib chiqib, "geliy" degan nom qo‘yiladi.
So‘ng olimlar mazkur moddani yerdagi hududlardan axtarishga kirishadilar. Ko‘plab tajribalar natijasida atmosferamizda juda kam miqdordagina geliy borligi aniqlandi. 247 350 kub metr havoda atigi bir kubometrgina geliyni to‘plasa bo‘lar ekan. Yana boshqa tajribalar jarayonida geliyning radiydan ajralishi va yuzaga kelgan katta tezlikka ega turli zarralardan iborat "alfa zarralar" nomli geliy atomlari aniqlandi.
Geliy g‘oyat foydali gaz ekanligi ma’lum bo‘ldi. U juda yengil va shu bilan birga, katta quvvatga ega gaz bo‘lib chiqdi. U xavfsiz bo‘lganligi sababli, undan harbiy va fuqarolik dirijabllarida, meteorologik sharlarning ish faoliyatida foydalanish mumkin edi.
Geliyning ahamiyatini tushungan mamlakatlarning hukumatlari uning tabiiy manbalarini axtarishga ahamiyat bera boshladilar. AQShning ayrim hududlarida, masalan Texas, Nyu-Meksika va Kanzas shtatlarida tabiiy gaz qazib olinardi. Mazkur gaz tarkibida 1 -2 foiz geliy borligi aniqlandi. Endilikda AQSH yetarlicha geliyga ega bo‘lgan jahonda yagona mamlakat bo‘lib qoldi. Dastlab bir kubometr geliy gazining qiymati 70 000 dollar edi. Hozirda u ancha arzonlashgan.
Geliy endilikda tibbiyotda ham keng qo‘llanilmoqda. U astma (ko‘ksov) kasalligiga chalinganbemorlarningdardiniyengillashtiradi.Shuningdek.undankattachuqurliklarda ishlovchi gavvoslarning "kesson kasali"ga chalinmasliklari uchun kislorod va sun’iy nafas olish aralashmasi tayyorlanadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80