Foreks

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Foreks – bu erkin narxlarda xalqaro banklar aro valyuta almashinuvi amalga oshiriluvchi bozor (katirovkalar cheklovlarsiz, belgilangan qoidalarsiz shakllanada).
Shu sababli ham ko‘pincha “Foreks bozori” birikmasi qo‘llaniladi (ingl. Forex market, FX-market). Foreks atama sifatida faqatgina o‘zaro valyuta almashinuvini ifodalashda ishlatiladi, umumiy pul operatsiyalarini anglatmaydi. Ingilizlar esa Foreks so‘zini valyuta bozori hamda valyuta savdosini anglatuvchi atama sifatida foydalanishadi. Shu bilan birga “xalqaro Foreks” va “Xalqaro Foreks bozori biriklari o‘zaro sinonim bo‘lib, umumiy bir ma’noni “xalqaro valyuta savdosi”ni anglatadi.

Содержание

Foreks tarixi

1971 yil 15-avgustda amaldagi AQSH prezidenti Richard Nikson  dollarning oltinga erkin almashinuvini bekor qilish haqidagi qarorini e’lon qildi ( oltin standardlaridan voz kechdi), bu bilan u Bretton-Vud kelishuvini ( unga ko‘ra dollar doimo oltin bilan belgilanadi, boshqa valyutalar esa dollar bilan ) bir yoqlama buzishga jazm qildi. 1971 yilning dekabr oyiga kelib Vashingtonda Smitson kelishuviga erishildi, unga ko‘ra dollar kursi avval 1% ga kolibalsya, keyinchalik 4,5 % ga o‘zgardi ( dollardan tashqari, boshqa valyutalar esa 9 %ga). Bu muqim valyuta kurslarining tushib ketishiga hamda urushdan keyingi Bretton-Vuds kelishuviga asoslangan valyuta tizimi inqirozining eng yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. Uning o‘rniga esa keyinchalik 1971 yilning mart oyida Yamayka orolida 20 dan ortiq Kommunistik tuzumga aloqador bo‘lmagan, eng ko‘zga ko‘ringan davlatlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan konfirensiyada qabul qilingan
qarorga asosan Yamayka kelishinuvi yuzaga keldi. Sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar mohiyati qisman oltin bahosiga nisbatan yanada liberal siyosatni qo‘llashga borib taqaladi. Agar avvallari valyuta kurslarining muqobilligi oltin bahosiga bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik oltin bahosining tez-tez o‘zgarib turishi valyutalar almashinuvida bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Bu esa o‘z o‘rnida yangi savdo turini yuzaga keltirdi, unga ko‘ra valyuta almashinuvida nafaqat oltin bahosi balki bozor talabi va taklifiga ham bog‘liq bo‘la boshladi.
Buning natijasida yuzaga kelgan bir qator muammolarni hal qidish maqsadida 1975 yilda Fransiya prezidenti Valeri Jiskar d’Esten hamda Germaniya Federativ Respublikasi  kansleri Gelmut Shmidt (har ikkisi ham sobiq moliya vaziri) – G‘arbning boshqa yetakchi mamlakatlari rahbarlarini o‘zaro norasmiy tor doirada yig‘ilib yuzma-yuz muxokama qilish olishga taklif etishadi. “Mashxur sakkizlik”ning (o‘sha paytda faqat oltita mamlakatdan iborat bo‘lgan) birinchi sammiti Rambuyda AQSH, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiiya, Italiiya va Yaponiiya ishtirokida  (1976 yilda  klub faoliyatiga  Kanada,  1998 yilda esa  — Rossiya qo‘shildi) bo‘lib o‘tgan. Asosiy masalalardan biri xalqaro valyuta tizimini tubdan isloh qilish bo‘lgan. 1976 yil 8 yanvaryada XVF (Xalqaro valyuta fondi)ga a’zo bo‘lgan vazirlari yig‘ilishida Kingston (Yamayka) shaxrida XVF tartibiga o‘zgartirishlar kiritishga qodir xalqaro valyuta tizimini tashkil etish borasida yangi kelishuv tuzish masalasi qo‘yilgan.
 Yangi tizim Bretton-Vud kelishuvini o‘rnini bosdi. Ko‘pgina mamlakatlar milliy valyutalarining dollar yoki oltinga bog‘liq bo‘lishini qo‘llab quvvatlashmasdi.
Ammo XVF faqat 1978 yilga kelibgina bu muammoni uzib kesil hal qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab erkin o‘zgaruvchi valyuta kurslari valyuta almashinuvining asosiy yo‘liga aylandi. Shu davrdan boshlab pulning qiymatini oltin ekvivalenti bilan taqqoslash ( oltin standardiga ko‘ra) prinsipi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu kelishuvda ishtirok etgan mamlakatlar o‘z valyutalarining oltinga chaqishni bekor qildilar hamda ular o‘rtasida o‘zaro erkin savdo xalqaro valyuta bozorida qulay narxlar asosida amalga oshirila boshlandi.

O‘zgaruvchan kurslar tizimi quyidagi uch natijaga olib keldi:

1.Importchi, eksportchi hamda bank tizimida xizmat ko‘rsatuvchilar bevosita valyuta bozorining doimimy ishtirokchilariga aylanishlariga to‘g‘ri kelib qoldi, chunki valyuta savdosidagi doimiy o‘zgarishlar ularning moliyaviy ahvoliga ham ijobiy ham salbiy ta’sir ko‘rsatishga qodir.
2.Markaziy Banklar milliy valyuta kursiga hamda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga nafaqat administrativ jihatdan balki bozor metodi orqali ham o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
3.Eng o‘zgaruvchan milliy valyuta kurslari bozor tomonidan mavjud talab va unga hamohang taklif orasidagi muvozanatni izlash asossida shakllanadi, aksincha talab yoki taklifning o‘zgarishi esa valyuta kursini u yoki bu tomonga og‘ib ketishiga sabab bo‘ladi.


Kunlik aylanmalar

Foreks bozorida kunlik aylanmalar quyidagi ko‘rinishda:
1.1977 yilda — 5 mlrd dollar
2.1987 yilda — 600 mlrd dollar
3.1992 yil oxirida  — 1 trln dollar
4.1997 yilda  — 1,2 trln dollar
5.2000 yilda  — 1,5 trln dollar
6.2005—2006 yillarda FOREX bozoridagi kunlik aylanmalar hajmi o‘zgaruvchan bo‘ldi, turli narxlarda 2 dan toki 4.5 trln dollargacha o‘zgarib turdi.
7.2010 yilda  — 4 trln dollar. Shu bilan birga bashorat qilishlaricha ichki kunlik aylanmalar 2020 yilga qadar 10 trln dollargacha o‘sishi mumkin.

Xalqaro hisob Banki1989 yildan boshlab har uch yilda Foreks bozorida to‘liq tashviq olib boradi. Uning yakuniy hisoboti bozordagi aylanmalar, uning tuzilishi va dinamikasi haqidagi batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ammo bu haqda aniq ma’lumotlar yo‘q, sababi bu birja bozori emas, va bu yerda shartnomalar va kelishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hammaga ma’lum qilish shart emas. Kelishuvlarning tabiati va maqsadidan qat’iy nazar yirik kunlik aylanma bu bozorning nihoyatda o‘zgaruvchan ekanligini isbotlay oladi.


Valyuta bozori ishtirokchilari

Foreks – xalqaro banklar aro aloqa bozori hisoblanadi. Jarayon turli institutlar tizimi orqali amalga oshiriladi: markaziy bankilar, kommer bankilar, investitsiya bankilari, brokerlar va   dilerlar, nafaqa fondlari, sug‘urta kompaniyalari, xaqlar aro aloqa korporatsiyalari va boshqalar. Bitta shartnomaning hajmi valyutani haqiqatdan ham ikkinchi ish kuniga yetkazib berish (bozorda spot deyiladi) odatda 5 mln AQSH dollari yoki uning ekvivalentlarini tashkil qiladi. Birgina yetkazib berish xizmati uchun kamida 60 dan 300 dollargacha haq to‘lanadi. Qolaversa, ba’zan banklar aro informatsion-savdo terminallarida oyiga 6 ming dollargacha zarar ko‘rishga ham to‘g‘ri keladi.
Mana shu shartlarga ko‘ra Foreksda kichik miqdordagi mablag‘ ayrboshlash amalga oshirilmaydi. Ayniqsa bu masalada moliyaviy vositachilarga (bank yoki brokkerga) murojaat qilish ancha arzonga tushadi, chunki ular kelishuvdan faqat qanchadir foiz olib qolishadi xolos.
Haridorlarning ko‘payishi hamda muntazam ravishda turli yo‘nalishdagi arizalar bilan murojaat qilishlari vositachilar faoliyatida ichki kliring (brokkerlar “oshxonasi” )ni vujudga kelatiradi, buning natijasida esa ular har doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Foreks operatsiyalarida ishtirok etaverishmaydi. Aynan shuning uchun ham Foreksga barcha xaridorlarning arizalari ham kelib tushvermaydi, vositachilar ularga Foreksdagi operatsiyalardan ancha arzon bo‘lgan o‘zlarining xizmat haqlarini taklif qilishadi. Ammo agar vositachilarsiz bu jarayon amalga oshirilsa, shubhasiz xaridor uchun bu operatsiyalar ancha qimmatga tushadi.
So‘ngi vaqlarda Foreksda savdo tizimini kengaytirish amalga oshirilmoqda, bu esa savdo jarayonida brokker t a’sirini kamaytiradi. (Electronic Communication Network, ECN).

Foreks va Davlat nazorati

Foreks erkin faoliyatga asoslangan va u hech bir davlat nazoratiga olinmagan ( rasmiy valyuta kursi yo‘q, kelishuvlarning yo‘nalishi hajmi va narxi belgilanmagan) hamda bu operatsiyalar erkin amalga oshiriladi. Shu bilan birga asosiy haridor (treyder) va vositachi (broker) o‘rtasidagi munosabatlarni va ularning faoliyatini nazorat qilib turuvchi ma’lum bir qonun-qoidalar mavjud.
Moliyaviy nazorat va tekshiruv bo‘yicha boshqarish - (ingl. Financial Services Authority, FSA) Buyuk Britaniyada moliyaviy bozorlarning faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. AQShda esa bu vazifani valyuta bozorlarida “Fyucher tovarlari savdosini tekshiruvchi Komissiya” bajaradi.
Bundan tashqari, savdo qokun-qoidalarini ishlab chiqish, brokkerlik xizmatini taklif qilish hamda yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha katta vazifani “Milliy flecherlik assotsiatsiyasi” nodavlat tashkiloti (ingl. National Futures Association, NFA) bajaradi. Bunda assotsiatsiya a’zolari hisoblangan brokkerlar o‘z faoliyatlari bilan bog‘liq hisobotlarni muntazam ravishda komissiyaga taqdim etib borishlari kerak. K trebovaniyam NFA talablariga nafaqat AQShda bo‘y sunishadi, balki boshqa ko‘pgina mamlakatlarda ham u o‘z kuchiga ega, sababi amerikalik ko‘pgina xususiy treyderlar va fondlar o‘z hisob raqamlarini bu talablarga amal qilmaydigan kompaniyaga ishonib topshirishni istashmaydi. FSAnikiga nisbatan ancha qattiqroq. Ba’zida ular nafaqat treyderlarni himoya qiladi va yordam beradi, xatto ularga halal berishi ham mumkin. Bunga misollardan biri haridorlik kelishuvini bekor qilishga majbur qiladigan cheklovlardan biri FIFO qoidasidir (birinchi kelgan – birinchi ketadi).
2011 yilning 15 iyulidan boshlab Dodd — Frank qonuni amalga tadbiq etila boshlandi (ingl. Dodd–Frank Wall Street Reform and Consumer Protection Act), unga ko‘ra AQSH fuqarolari ( yuridik va jismoniy shaxslar) moliyaviy vositalarda birjadan tashqari shartnomalar tuzishlari taqiqlanadi.


Xavf va tavakkal

Kredit yordamidan foydalanish nafaqat operatsiyaning foydasini va kapital ortib borish tezligini oshiradi, balki shunga muvofiq ravishda zarar ko‘rish havfi va tezligini ham oshishiga olib keladi. Valyuta kurslarining o‘zgarib turishiga ko‘pgina qarama-qarshi va turli yo‘nalishdagi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Amaldagi kuchlarning tasodifiy va vaqtinchalik muvozanati buzilishi avvaldan aytib bo‘lmaydigan narxlarning jiddiy o‘zgarishiga sabab bo‘ladi hamda savdo natijalarida ayniqsa, katta miqdordagi kreditdan foydalanish jarayonida yaqqol aks etadi.
Bozorda narx navoning o‘zgarishi bilan bog‘liq xavfdan tashqari, aniq bir brokker faoliyati bilan bog‘liq xavf ham mavjud:
·Kotirovkalar bilan bog‘liq ma’lumotlarga aloqasi bo‘lmagan holda narxlarning tezlik bilan sezilarli darajada o‘zgarishi va yana shu tempda o‘z o‘rniga qaytishi natijasida
·2007 yilda AQShning fyucherlik tovarlari savdosi bo‘yicha Komissiyasi, amerikaning valyuta bozori nazoratchisi, tomonidan valyuta savdosida banklardan tashqari holatlarda qalloblikning ortganligi kuzatilgan. Qalloblik asosan xususiy treyderlar orasida avjiga chiqqan. Rassiyada ayniqsa bu ko‘rsatkich yuqori.
·Yana bir muammolardan biri bu tuzilgan shartnomaga asosan avvaldan kelishilgan narx asosida buyruq tayyorlash jarayonida vujudga kelishi mumkin, xar ikki tomon ham buyruq shartlarini bajarishga majbur emaslar.
·Bankrot holatida brokkerlardan ularning horidorlari odatda o‘zlarining dastlabki mablag‘larini qaytarib ololmaydilar. Ba’zida dilinglik markazlarining qallobliklari jinoiy javobgarlikka tortiladi. AQShda odatda sud jarayonida qalloblik ayblovlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: doimiy foyda va’da qilish, treyderlarni mavjud xavf haqidagi informatsiya bilan tanishtirmaslik, mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni avvaldan bilish va hal qiluvchi xujjatlarni tayyorlash. Jazo sifatida jinoyatchi kompaniyaning ish faoliyatini to‘xtatish, zarar ko‘rishiga sabab bo‘lish yoki kompensatsiya to‘latishlari mumkin. Xattoki ba’zi xolatlarda “respublikaning milliy havfsizligini ta’minlash va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish markazi sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolish” maqsadida ba’zi noqobil faoliyat ko‘rsatayotgan  brokkerlarning litsenziyasidan foydalanish to‘xtiladi.


Foreks – oshxonalari

Oshxona – bu brokkerlarga xos jargon bo‘lib, ichki kliringni anglatuvchi so‘z, bunda xaridorlarning pul almashinuvi bilan bog‘liq shartnoma tuzish haqidagi arizalari, boshqa bir tomonnning xuddi shunday arizasi bilan mos kelganda va bu kelishuv bir brokkerning xizmati bilan amalga oshirilganda ishlatiladi. Bu operatsiyaga sarflanadigan mablag‘ni qisqartirish, jarayonni tezlatishga olib keladi. Ichki kliring nafaqat birjadan tashqari fond va valyuta sohalarida, balki prastik kartochkalardan foydalanish hisobotida ham keng qo‘llanilmoqda.
Agar brokkerda qarama-qarshi tomon arizasi bo‘lmasa, unda brokkerning o‘zi bu shartnomada ikkinchi tomon vazifasini bajarishi mumkin. Ammo bu paytda o‘ziga xos kelishmovchiliklar yuzaga keladi, xaridor ko‘rgan foyda – brokker uchun zararga aylanishi, aksincha xaridorning zarari hisobiga brokker foyda ko‘rishi mumkin. Bunday kelishmovchiliklardan qochishning yagona yo‘li – barcha pul aylanmalarini birja orqali amalga oshirishdir, bunda boshlang‘ich harajat nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Bunday “Oshxona” lar ko‘pgina mamlakatlarda ta’qiqlangan va qolloblik sifatida jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Lekin bu cheklov faqatgina birjada faoliyat ko‘rsatayotgan brokkerlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Forks – bu davlat nazaroti cheklangan yoki umuman ta’sir ko‘rsatmaydigan birjadan holi moliyaviy bozordir. Ko‘pgina foreks-brokkerlar ichki kliringdan kelib chiqqan holda faoliyat ko‘rsatishadi. Moliyaviy operatsiyalar natijalarini e’lon qilish zarurati yo‘q, shu sababdan ham to‘liq tashqi monitoring olib borish imkonsiz. Bu esa o‘z o‘rnida foreks-brokkerlarning ichki kliringdan qanchalik keng ko‘lamda foydalanishlarini isbotlash yoki halal berishga to‘sqinlik qiladi.

Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80