Fasllar nega almashadi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qadim zamonlardan beri fasllar almashinuvi insonlarni hayratga solib kelgan. Nega yoz — issiq, qish — sovuq? Nega qishda tunlar uzoq? degan savollar kishilarni o‘ylantirgan.
Yerning Quyosh va uz o‘qi atrofida aylanishini o‘qigansiz. Yerning Quyosh atrofidagi aylanishini pildiroqqa o‘xshatish mumkin. Agar Yer uqi (Janubiy qutbdan Shimoliy qutbgacha faraziy chiziq chizib ko‘rilsa) Quyosh orbitasiga nisbatan to‘gri burchakda bo‘lganida fasllar o‘zgarmagan, kunlar bir xilda o‘tgan bulardi. Lekin Yer uqi turli tortishish kuchlari ta’siridan bir tomonga oqqan holatda. Bu holat, birinchidan, Quyoshning, ikkinchidan, Oyning tortishish kuchlari va uchinchidan, Yerning o‘z uqi atrofida aylanishi natijasidir. Yer Quyosh orbitasidan egik holatda aylanishi tufayli uning o‘qi yil mobainida bir nuqtada Qutb yulduzi qarshisida bo‘ladi. Shuning uchun ham yilning bir qismida Yerning Shimoliy qutbi Quyosh tomonda, ikkinchi pallasi Quyoshga teskari, soya tomonga to‘gri keladi. Yer egikligi tufayli Quyosh nuri tig‘lari ekvatorning shimol tarafi, ekvator, keyin uning janubiga to‘gri kelib, ta’sir qiladi. Quyosh tig‘larining shu taxlitda yer yuzasiga turlicha ta’siri natijasida yerda fasllar almashinuvi sodir bo‘ladi.
Shimoliy yarim shar Quyosh tarafda bo‘lganida ekvator chizigidan shimolda — yoz, janubda — qish fasli bo‘ladi. Yilning eng uzun va eng qisqa kunlari "qishki va yozgi quyosh turishi" deiiladi.
Yer yuzida har yili, bahor va kuzda, ikki kecha-kunduzda, quyosh turishi kunlarida, kun va tun tenglashadi. Kuzdagi tengkunlik — 23 sentabrga, bahordagisi — 21 martga to‘gri keladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80