Familiyalar qachon paydo bo‘la boshlagan?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Salom, Kalta!
Ahvollar yaxshimi, Qiltiriq!
Ana, Malla ham kelib qoldi!
Avvallari yuqoridagi kabi hol-ahvol suralgan, salom-alik qilingan, xullas, muomala laqabini aytish bilan boshlashgan. Laqablar — odamlarning tashqi kurinishidan tortib, to odob-axloq, qiliq-xislatlarigacha muaiyan darajada ifodalab bera oladigan atamalardir. Shundaylikka shundayku-ya, ammo laqablarning qachon paydo bulganligi emas, ism-nomlarning qachondan boshlab paydo bulganligi, odamlarning uz farzandllriga qachondan boshlab ism quya boshlagani, umuman, bunday uta muhim bir odat — atrofingdagi odamlarni muaiyan bir ism bilan atash odati qachon paydo bulganligi juda qiziq, shunday emasmi?
Xorijiy mamlakatlarda bir paytlar ocharchilik davrida tug‘ilgan qizlarni kelt qabilalarida Una (ochlik) deb atash, ularga shunday ism quyish urf bulgan ekan. Sariq sochli qizlarga Blansh (fransuzcha oq rangli) deb ism quyish, ugil bolalarga Devid (sevimli, erkatoy) deb nom berish odat tusiga kirgan. Alqissa, ma’lum bulayaptiki, inson bolalariga ism berish, nom quyish odati ming yillardan buyen davom etib kelayotgan jarayondir. Angliyani 1066 yilda normannlar bosib olgach, odamlarni yanada aniq ajratib atash, adashmaslik maqsadida ularni sulolaviy nom (familiya)lar bilan atash urf bula boshlagan. Axir, odamlarni bir-biridan ajratish, ularni aralashtirib yoki adashtirib quymaslik uchun faqat ismlarning uzi kamlik qiladi-da. Aytaylik, bir shaharning uzida yoki bitta kuchada Devid ismining uzi bir nechta bulishi mumkin-da! Ammo ularning biri ishyoqmas, takasaltang bulsa, odamlar uni "Devid takasaltang" deb, laqabi bilan ataydigan bulgan.
Odamlarga ikkinchi bir ism, laqab quyib chaqirishning yana bir usuli, yuli bor edi — ismga qo‘shib otasining nomini tirkab-qushib chaqirish. Masalan, Petr Andreyev (Andreylarga tegishli Petr) degan ma’noda. Bora-bora bu odam Petr Andreyevich deb atala boshlangan. Bir paytlar esa ruslar orasida tegirmon (melnitsa) yonida, yoki tegirmonxonada yashovchilarni Melnikov deb atash shundan kelib chiqqan edi. O‘tloq joyda (rosha)da yashaganlarni — Roshchin deb atashgan. Odamlarning hunari, mehnati, kasbidan kelib chiqqan holda Kojemyakin (teri oshlovchi), Tokarev, Plotnikov (usta, duradgor) degan familiyalar paydo bulgan. Qadimgi Rim davlatida insonni ikkinchi bir nom bilan atash, uning nomiga otasining yoki bobolarining sulolaviy nomini tirkab aytish urf bula boshlagan. Sharqda esa, ayni islom dini kirib kelgandan sung ayol va erkaklar ismi yoniga otasining ismi qushib aytilgan. Masalan: Oysha Alisher qizi, Adham Mutallib ugli.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80