Evolyutsiya nima degani?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Hayotda mavjud bulgan, atrofimizni urab turgan murakkab organizmlarning yashash tarzini tushuntirish uchun odamlar evolyutsiya nazariyasini yaratganlar. Kupgina tadqiqotchi-olimlar mazkur nazariyaning tug‘ri ekanligiga shubha qilmaydilar, ammo olimlar orasida bu nazariyani rad qiluvchilar ham topiladi. Ular ushbu nazariyaning muqaddas kitoblarga moye kelmasligini dastak qilib kursatadilar. Bu nazariyaga kura, usimlik va jonzotlarning hozirgi turlari ibtidoiy, dastlabki shakllaridan asta-sekinlik ila, tabiiy ravishda kelib chiqqan. Bu oddiy shakldagi ibtidoiy organizmlar esa yanada oddiy bulgan hayot turlaridan shakllangan va shu tariqa, eng ibtidoiy hayot shakli million yillar muqaddam bir hovuch kichkinagina protoplazmadan uruglangan.
Nazariyaga ko‘ra, odamzodning paydo bulishi ham shu tariqa oddiygina tiriklik parchalaridan boshlangan (masalan, aytaylik, hozkrgi zamonaviy yakka tuyoqli otlar qadimgi turtpanjali bobo qirchangidan tarqalgani kabi).
Evolyutsiyaviy taraqqiyotning hayotiyligini isbot qilmoqchi bulgan olimlar quyidagi uchta dalilni ishonch bilan kursatmoqchi buladilar: birinchidan, yer tagida kumilib qolib, mana endilikda topilgan hamda qazib olinayotgan, urganilayotgan jonivorlar skeletldri (suyaklari) ushbu nazariyaning to‘triligiga dalil bulmoqda. Ular evolyutsiya nazariyasi tugri ekanligini tasdiqlaydi. Qazilmalar shuni kursatmoqdaki, ibtidoiy odamlar haqiqatan ham bir million yildan buyen yashab kelgan ekan. 500 mln. yil avval yashagan baliq qoldiqlari ham topildi. Qazilmalar va ulardan chiqayotgan topilmalar shundan darak beradiki, baliqlar — amfibiyalardan oldin, amfibiyalar — sudralib yuruvchilardan oldin, sudralib yuruvchi jonzot — qushlardan va hokazo ravishda, tadrijiy holda paydo bulgan ekan. Olimlar mana shu tariqa, tiriklikning bir shakli ikkinchi shakliga o‘tib kelganligini tasdiqladilar.
Yana bir dalil shuki, organizm tuxumdan boshlanganligini urganuvchi fan — embriologiya tadqiqotlarining kursatishicha, tuxumdan chiqqan juja (jish) ning paydo bulish, tug‘ilish tadriji ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi, ya’ni qush homilasi to uzining shakliga kelguniga qadar avvali baliq kurnishiga, sung amfibiya kurinishiga, undan keyin sudraluvchilar shakliga va nihoyat, eng oxiri qush (juja) shakliga kirar, barcha jonivorlarning homilasi xuddi shunday jarayonlardan o‘tib, uzlarining tadrijiy rivojlanish ta'rixini takrorlagan holda paydo bular ekan.
Uchinchi bir dalil — hozirgi zamon jonivorlarining tana tuzilishi bilan bogliq. Masalan, toshbaqalarning suyak tuzilishi va oldingi oyoq muskul-paylari, qushlarning qanoti, kitlarning suzg‘ichlari, otning old oyoqlari va insonning qullari — bularning bari tuzilish jihatidan bir-biriga uxshash. Inson organizmi orasida insonga sira xizmat qilmaydigan a’zolar ham bor. Ular bizga million yillar muqaddam yashab utgan eng qadimiy ajdodlarmizning davrlaridan esdalik sifatida qolgan, Mana shunga o‘xshash qator dalil-isbotlar fanda evolyutsiya nazariyasining paydo bo‘lishiga zamin tayyorladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80