Epilepsiya (tutqanoq) nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Mazkur kasallikning mohiyat va sababi noma’lum bo‘lgan davrlarda unga yo‘liqqanlar jinni yoki jodulangan hisoblanib, ularga shafqatsiz munosabatda bo‘lingan. Utmishdagi Yuliy Sezar, Rixard Vagner, Vinseta van Gog, Lui-Gektor Berlioz, Fyodor Dostoyevskiy kabi buyuk shaxslar epileptik bulishganini bilarmidingiz ?
Epilepsiya asab kasalligi bulib, u xuruj qilganida bemorni bexosdan tutqanoq tutib, hushdan ketadi, badani tirishadi. Bugungacha tutqanoq chogida organizmda nimalar sodir bulishi, badanning tirishish sabablari fanga noma’lum bo‘lib qolmoqda. Aftidan, bu holat ma’lum vaqtgacha miya faoliyatida buzilish sodir bo‘lishidan ro‘y beradi. Epileptiklarning miya to‘qimalari kimyoviy o‘zgarishlarga sezgir bo‘lib, bu o‘zgarishlar ro‘y berganida miyadan yo‘llangan signallardan bemor badani tirishadi. Mazkur reaksiya epilepsiyaga moyil odamlardagina kuzatiladi, ammo. sog‘lom odamlarning miyasidagi ayni shunday kimyoviy o‘zgarishlardan badan tirishmaydi. Taxminlarga ko‘ra, mazkur kasallik nasldan o‘tadi.
Epileptik xuruj: bosh lat yeganda, isitma ko‘tarilganda, miya to‘qimalarida o‘simta yoki chandiq paydo bo‘lganida, qon aylanishi buzilganda va hokazo holatlarda ro‘y beradi. Ammo kasallik aqliy faoliyatga ta’sir qilmaydi. Epilepsiyaga yo‘liqqan odam aqliy jihatdan sog‘lom bo‘lib, to‘laqonli hayot kechira oladi. Endilikda tutqanoqning oldini oluvchi va u sodir bo‘lganida bemorning holatini nazorat qiluvchi dori-darmonlar yaratilgan. Mazkur dorilar bemorlarning to‘laqonli, sog‘lom hayot kechirishlarini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80