Energiya nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Siz gazetalarda atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish olimlar uchun bugungi kundagi asosiy maqsadlardan biri ekanligi haqidagi gaplarni ko‘p o‘qigansiz. Muammoning bugungi kunda shu tarzda hal etilayotganligini inson zakovatining mislsiz yutugi deyish mumkin.
Albert Eynshteyn materiya va energiyaning bir-biriga aloqadorligi haqidagi nazariyani fanda tadqiq qilgan edi. Binobarin, bu bilan u materiyaning energiyaga aylanishini isbotladi. Olimning bu nazariyasi bizni o‘rab turgan olam haqidagi tasavvurimizni o‘zgartirib yubordi. Materiya ikkilamchi, olamdagi asosiy omil esa energiya ekan.
Xush, energiyaninguzi nima ? Energiya bu—biror ishni bajarishlayoqati, qudratidir. Har qanday ishni bajarish uchun kuch sarflanadi. Xush, unda kuch qanday yuzaga keladi? Buni yaxshi tushunib olish uchun avtomobilni misol qilib keltiramiz. Avtomobil dvigatelini harakatlantirish uchun kuch kerak. Kuch esa energiyadan olinadi. Energiya-chi, u qayerdan olinadi? Uning paydo bulishiga benzinning silindr ichida yonishi sabab buladi. Mana shu tarzda olingan energiya avtomobilni harakatlantiradi. Energiya ikki turga — potensial (yashirin) va kinetik (harakatdagi) turlarga bulinadi.
Benzindagi elektr kuchlari molekulalarni bir-biriga tortadi. Ana shu molekulalardagi energiya — potensial (yashirin) energiyadir. Benzinning yonishi undagi yashirin energiyani harakatlantiradi, ya’ni kinetik energiyaga aylantiradi. Yana potensial energiyaga osilgan yukni misol qilib keltirish mumkin. Energiya ana shu osilgan yukda yashirin, yuk pastga qulab tushayotganida yashirin energiya harakatlanuvchi energiyaga aylanadi. Demak, har ikkala energiya teng hajmdadir. Shuningdek, koinotda ham umumiy energiya hajmi doimo o‘zgarmas holatda saqlanadi. Biz energiyani yo‘qotishimiz yoki qaytadan hosil qilishimiz mumkin. Odamzod taraqqiyotning hozirgi davriga kelib, energiyani hosil qilishda tepadan shiddat bilan tushayotgan suv, kumir, atom energiyalaridan foydalanishni, ularni bir turdan ikkinchi turga aylantirishni urganib oldi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80