Ekvator nega issiq bo'ladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
(перенаправлено с «Ekvator nega issiq buladi?»)
Перейти к: навигация, поиск

Har gal biz xarita yoki globusga qaraganimizda ekvator chizig‘iga kuzimiz tushadi. "Ekvator" suzi lotincha suzdan olingan bo‘lib, "teng bo‘luvchi" ma’nosini anglatadi. Ekvator Yer sharini Shimoliy va Janubiy qismlarga ajratadi. Xaritada Yer sharidan ekvatorga parallel ravishda o‘tkazilgan va bir-biridan barobar masofada turgan doiraviy chiziqlar mavjud. Ekvator bu — qoq o‘rtadagi chiziq bo‘lib, undan yuqorigi yoki pastki chiziqlar yer yuzasidagi qaysidir nuqtani topishda yordam beradi. Yer yuzasi xaritada mintaqalarga bo‘linadi. Ular Arktikadan boshlanuvchi shimoliy qutb, "shimoliy mo‘tadil", ekvator chizig‘ining har ikki tomonidagi joylar "tropik", "janubiy mo‘tadil" va "Antarktida" kabi mintaqalardan iborat. Tropik mintaqa yoki ekvator mintaqasi iqlimi issiq va yil davomida o‘zgarmay turadi. Bu mintaqaning yil mobaynida issiq bo‘lib turishining sababi nimada? Yer o‘qi Quyosh orbitasiga nisbatan egik holatda. Shu sababdan ekvator ham Yer orbitasiga nisbatan egik bo‘lib, bu burchak 23,5 gradusni tashkil etadi. Natijada Yer Quyosh atrofida aylanganida nurlarining tig‘i ekvatorning shimoliy, ekvator markazi va janubiy hududidan boshlab, 23,5 gradus kengligigacha tik tushadi. Ekvator iqlimining yil mobaynida birdek issiq bo‘lish sababi ana shundan kelib chiqadi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80