Dovul nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Inson zakovati tabiat jumboqlarini yechishga, unda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli xavfli jarayonlarning oldini oluvchi choralar kurishga qodir. Lekin bo‘ronning oddini olish yoki uni to‘xtatishga inson baribir ojiz. Dovul, bo‘ron quturganida uning tinishini pana joyda dahshat va qo‘rquv bilan kutishdan o‘zga chora yo‘q. Tabiatda ro‘y beradigan eng dahshatli, shafqatsiz jarayonlar buron bilan bog‘liq, deyish mumkin. Dengizdagi bo‘ronlar paytida qattiq shamollar vujudga keladi. Quruqlikdagi bo‘ron — qattiq yoqqan jala, momaqaldiroqlar va shiddatli shamollar bilan birga kechadi.
Yer yuzida kengliklarda ko‘tariladigan buron birdaniga yuz kvadrat kilometrdan u kattaroq hududlarni qamrab olishi mumkin (Amerika bo‘ronlari). Bunda past bosimli havoda girdob paydo bo‘lib aylana boshlaydi. Bu janub tomon esgan sovuq havolar shimol tomon esgan tropik issiq nam havo bilan to‘qnashgan nuqtalarda sodir bo‘ladi. Iliq nam havo sovuq havo qatlamiga yorib kiradi va shu oqim tepasidagi maydonda yuzaga kelgan past bosim ta’sirida kuchli shamol ko‘tarilib, bo‘ron boshlanadi. Oqimlar to‘qnashganda issiq va sovuq havo bir-biriga qo‘shilib aralashadi. Issiq havo yengil bo‘lganidan sovuq havodan yuqoriga ko‘tarilib, soviydi va quyuqlashadi, bulutga, so‘ng yomg‘ir, qorga aylanadi.br> Shimoliy yarim sharda, Yerning aylanishi natijasida, havo o‘ng tomonga — soat strelkasi bo‘yicha shiddat bilan harakat qiladi. Bu ulkan hajmdagi quyunni eslatadi. Ekvatorning shimoliy qismida yozning oxiri yoki kuzda iliq tropik suvlar tepasida tayfun (to‘fon) va dovullar ko‘p sodir bo‘ladi. Ular g‘arbiy va shimoli-garbiy yo‘nalishlar bo‘ylab harakat qiladi.br> Tornado (quyun) bu — g‘oyat kuchli dovuddir. U ko‘tarilishidan oldin ko‘kda shar-shar (voronka) shaklidagi va yomg‘irli bulut paydo bo‘ladi. Shar -Sharli bulut ostki qismining diametri atigi yuz metrcha bo‘lsa-da, u yo‘lida uchragan barcha to‘siqlarni vayron qiluvchi g‘oyat dahshatli qudratga egadir. Shiddatli shamol va kuchli bosimdan uylarning devorlari qulab, binolar vayron bo‘ladi. Tez-tez tornado sodir bo‘ladigan hududlarda aholi quyunning tutashini yer ostida qurilgan maxsus joylarda kutadilar.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80