Dimlab pishirilgan baliq

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Dimlab pishirilgan baliqni ilgari bug'da tayyorlangan deyilardi, chunki dimlab pishirish jarayonida suvni qaynatishda hosil bo'lgan bug' ta'sirida baliq tayyor holga keladi. Bu usulda oziqalik qimmati yuqori bo'lgan baliqlar pishiriladi, chunki dimlab pishirish jarayonida qaynatib pishirishga nisbatan baliqning shakli saqlanishi bilan birga qimmatli oziqa moddalari ham ko'p saqlanadi. Baliqlarni dimlab pishirish uchun ularni butun, porsiyalangan sof file yoki terili filelar holida olinadi. Dimlab pishirish uchun sterlyad, sudak, cho 'rtan baliq (qiyma tiqilgan holda ham), dengiz okuni, kafel, treska, ilonbaliq, siga, qalqonbaliq, paltus, yelimbaliq, nototeniya, zubatkalar ishlatiladi.
Ishlovdan o'tgan baliq baliq qozoniga qo'yiladi. Porsiyalangan va butun baliqni qozon panjarasiga kanop yordamida bog'lab qo'yish mumkin. Bunda zvenoga bo'lingan baliq qozonga terisi bilan, butun baliqlar qornini pastga qaratib, porsiyalangan baliq bo'lagi tersini pastga qaratgan holda yoki awal terisi bo'lgan qismini pastga qaratib qo'yiladi. Shunday qilinganda yirik baliq bo'laklari suvda bo'ladi. Baliq hajmining 1/3 qismi suv yoki baliq qaynatmasi bilan ko'miladi. 1 kg baliq uchun 300—500 g suv yoki qaynatma olinadi: butun va zvenoga bo'lingan baliq uchun sovuq, porsiyalangan baliq uchun issiq suyuqlik ishlatiladi. Ko'kat ildizi, bosh piyoz, ziravor, limon ishqori, shampinon, qaynatilgan suv, sariyog' qo'shiladi. Baliq qaynatiladigan idish qopqog'i yaxshi berkitilishi kerak. Suyuqlik tez qaynash darajasiga yetkazilib, so'ng past darajadagi issiqlik ta'sirida porsiyalangan baliq 10—15 minut, butun va zvenoga bo'lingan baliq 25—50 minut davomida qaynatilishi, iste'molga tayyor bo'lishi jarayonida baliqning ichki to'qimasidagi harorat 80°C dan past bo'lmasligi lozim. Baliq pishirilgan qaynatma elakda suzilib sardak tayyorlashda ishlatiladi.
Butun holda pishirilgan baliq oval yoki dumaloq ko'rinishdagi laganga solinib, garnir va ko'kat bilan bezab banket va har xil an'anaviy kechalarda iste'molga tortiladi. Zvenolarga bo'linib pishirilgan baliqlar sovitilib, porsiyalarga bo'linib, o'zi pishirilgan qaynatmada biroz qaynatilib tarqatilishi yoki o'z suyuqligida marmitga qo'yilgan holda qopqoq yopilib 25—30 minut davomida tarqatiladi. Dimlab pishirilgan baliq taomi qaynatib pishirilgan baliq taomidan oziqaviy qimmati kattahgi va mazasining xushxo'rligi bilan farqlanadi va ularga berilgan sardak nomi bilan ataladi. Masalan, bug' sardagi bilan berilgan baliq — «bug'da tayyorlangan baliq»; «sho'r bodring suvida dimlab tayyorlangan baliq»; tomat sardagi bilan berilgan baliq — «tomatda dimlab tayyorlangan baliq» va hokazo deyiladi. Dimlab pishirish jarayonida baliqlar o'rta hisobda 18% gacha o'z vaznini kamaytirsa, gorbusha, keta, sterlyad 20% gacha, osyotr, sevryuga, beluganing vazni 17 dan 21% gacha kamayadi.
Dimlab pishirilgan baliq. Isitilgan porsiyali idishga bochkacha shaklida kesib pishirilgan kartoshka, kartoshka pyuresi, pishirilgan sabzavot yoki oddiy usulda kesib pishirilgan kartoshka solinadi. Yoniga dimlab pishirilgan baliq va uning ustidan pishirilgan qo'ziqorin qo'yib, baliq ustiga o'z qaynatmasidan tayyorlangan sardak qo'yilib ko'kat bilan bezaladi. Taomni bezash uchun krivetka, krab, qisqich-baqaning pishirilgan yoki konservalangan bo'lagi yoki limon parragi (1/8 bo'lakda) ishlatiladi. Garnir ustidan eritilgan sariyog' quyiladi. Dimlab pishirilgan baliq taomi yuqorida ko'rsatilgandan tashqari yana oq asosiy, oq vinoli yoki tomatli va boshqa sardaklar bilan ham berilishi mumkin.
Dimlab pishirilib, sho'r bodring suvili oq sardak bilan berilgan baliq. Ishlovdan o'tib porsiyalangan yoki zveno holida kesib tayyorlangan osyotr oilasiga mansub baliq elakdan o'tkazib suzilgan sho'r bodring suvi, bosh piyoz, ko'kat ildizi, ziravor qo'shilgan qaynatma yoki suvda dimlab pishiriladi. Dimlashdan qolgan qaynatmada sho'r bodring suvili oq sardak tayyorlanadi. Osyotr oilasiga mansub baliq turlari bo'lsa, porsiyalarga ajratilib, o'zi pishgan qaynatmaga solib qaynatib olinadi. Isitilgan porsiyali idishga bochkacha shaklida kesib pishirilgan kartoshka yoki kartoshka pyuresi solinib, yoniga issiq holda dimlab pishirilgan baliq qo'yiladi. Baliq ustidan pishirilib tilim-tilim shaklida kesilgan qo'ziqorin qo'yilib, ustidan sho'r bodring suvi bilan tayyorlangan oq sardak quyiladi. Garnir ustidan eritilgan sariyog' solinadi. Taom tarqatish oldidan isitiladi, so'ng ko'kat va limon parragi bilan bezab, iste'molga tortiladi.
Ostyor 248 g, yoki sevryuga 232 g, yoki muz baliq 260 g, yoki tinch okean xeki 254 g, yoki treska 161 g, yoki okean stavridasi 265 g, bosh piyoz 5 g, petrushka (ildizi) 5 g, yoki selderey (ildizi) 6 g, sho'r bodring 48 g, yangi shampinon 28 g, yoki yangi oq qo'ziqorin 26 g, garnir 150 g, sardak 75 g. Sof og'irligi 365 g.
Ruscha, oz suvda pishirilgan baliq. Bu taomni tayyorlash uchun osyotr oilasiga mansub baliq, treska, dengiz okuni, yelimbaliq, makrel, stavrida baliqlari ishlatiladi. Porsiyaga bo'lingan baliq bosh piyoz, ko'kat ildizi, oq qo'ziqorin yoki shampinon pishirilgan suvda dimlab pishiriladi va suyuqlikdan suzilib isitilgan idishga qo'yiladi, yoniga bochkacha shaklida kesilib pishirilgan kartoshka qo'yib, ustidan tomat sardagini maxsus tayyorlangan garnir bilan aralashtirilib 80°C gacha isitilgan aralashmasi qo'yiladi. Tarqatishda tomat sardagi quyib, ustidan po'sti tozalanib, parrak-parrak shaklida kesilgan limon, ko'kat bilan bezaladi. Sardak garnir tayyorlash uchun shampinon yoki oq qo'ziqorin va osyotr balig'ining kemirchak suyagi tilim-tilim shaklida kesilishidan awal pishirib olinadi. Ishlovdan o'tgan sabzi, petrushka (ildizi) to'rtburchakli uzun piyoz yarim halqa shaklida to'g'ralib, sabzavotlar dimlab pishiriladi. Sho'r bodring po'sti urug'idan tozalanib, romb shaklida to'g'ralib, o'z suvida biroz qaynatiladi. Zaytun mevasi danagi ajratiladi, kovul suyuqligidan suzib olinadi. Tayyorlangan mahsulotlar baliq qaynatmasida tayyorlangan tomatli sardak bilan aralashtirilib, qaynash darajasiga yetkaziladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80