Dengiz mahsulotlari

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Umumiy ovqatlanish korxonalarida baliqdan tashqari dengiz ozuqa mahsulotlari ham har xil taom va gazaklar tayyorlashda ishlatiladi. Ulardan qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va suv o'simliklari ko'p miqdorda oqsil (22% gacha), mineral moddalar, B, PP, C, I> darmondorilari, yog', glikogen, fermentlar, mikroelementlarga egaligi bilan ozuqalik qimmatga egadir. Tarkibidagi mikroelementlari va quwatga kiritadigan moddalarga ega bo'lgani uchun dengiz mahsulotlari parhez taomlarida ham ishlatiladi.
Dengiz ozuqa mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar xushbo'y hid va mazaga egahgi bilan farqlanadi. Qisqichbaqasimonlar. Ularga krablar, krevetkalar, omarlar, langustlar va daryo qisqichbaqalari kiradi. Ularning go'shtlari nozik va biroz shirin mazaga ega bo'ladi.
Krablar eng katta dengiz qisqichbaqasi hisoblanadi. Pazandachilikda konservalangan krablar ishlatiladi. Taom tayyorlashdan oldin bankalarning usti artilib ochiladi va ichi bo'shatiladi. Bo'laklari, ustidagi qog'ozi, yassi suyagi ajratilib, usti oq to'qimadan iborat sof go'sht hosil qilinadi. Krab go'shti salatlar, gazaklar va issiq quyuq taomlar tayyorlashda ishlatiladi. Ba'zida qo'shimcha garnir sifatida baliq taomlarini bezash uchun ham ishlatiladi. Uni sardaklarga qo'shish ham mumkin.
Krevetkalar suzib yuruvchi qisqichbaqalar bo'lib, vazni 100 grammgacha bo'ladi. Iste'molda dum tomonida joylashgan qorin usti go'shti ishlatiladi va mazasi bo'yicha krablarnikidan biroz farqlanadi.
Krevetkalar yangi muzlatilgan, pishirib muzlatilgan, pishirib sovutilgan yoki konservalangan hollarda keltiriladi.
Muzlatilgan krevetka ochiq havoda yoki suvda muzdan tushirilib yuviladi, so'ng tuzh qaynab turgan suvga solib 3—4 minut qaynatiladi.
Konservalangan krevetka qo'shimcha ishlovdan o'tmaydi. Krevetkalar sof holda dum qismi qattiq qobiqdan ajratilib ishlatiladi. Ular salatlar, gazaklar, suyuq taomlar, pishirilgan, qovurilgan, yopilgan taomlar tayyorlashda yoki baliq taomlarini bezash uchun qo'shimcha garnir sifatida ishlatiladi. «Okean» oqsil pastasi, kartoshka, guruch, karam, boshpiyoz, mayonez, pishloq, sariyog' bilan yaxshi birikadi. Omarlar va langustlar — katta dengiz qisqichbaqasi hisoblanib, vazni 5—10 kg gacha bo'lishi mumkin.
Ular krevetkalarga o'xshash yangi muzlatilgan, pishirib muzlatilgan, konservalangan hollarda keltirilishi mumkin. Omar va langustlarning tirik holda kelganlari o'z ozuqalik ahamiyati bo'yicha yuqori bo'lib, issiq ishlovdan awal qo'shimcha ishlovga o'tmay, qaynab turgan tuzh suvga solib pishiriladi. Muzlatilgan qisqichbaqasimonlar ochiq havo yoki suvda 1—3 soat davomida muzdan tushiriladi. Ularni qovurib yoki pishirib ishlatish, yaxna taom va issiq gazaklar tayyorlash mumkin. Konseralangan holdagilari ham shunday taomlarga ishlatiladi.
Daryo qisqichbaqalari umumiy ovqatlanish korxonalariga tirik holda keltiriladi. Ular yuvilib qaynab turgan tuzh suvga solinadi, pishirib, ta'biga ko'ra ziravorlar solinadi. Pishirilgan qisqichbaqalar sof holda gazaklar uchun ishlatiladi. Undan salatlar, yaxna va issiq taomlar tayyorlash uchun qisqichlaridan tozalanishi lozim. Iste'molga ishlatiladigan qismi qisqichbaqa bo'yrii hisoblaiiadi. Pishirilgan qisqichbaqa va qisqichbaqa bo'yinlari bilan baliq issiq taottilari bezatilatdi.
Mollyuskalar. Kalmarlar — boshoyoqli mollyuskalar og'irligi 350 grammdan 750 grammgacha bo'lishi mumkin. Kalmardan tayyorlangan taom sifati, qoidaga rioya qilib ishlov berilganMgiga va saKj^nganligiga bog'liq bo'ladi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga kalmarlar konservalangan yoki ishlovdan o'tmay muzlatilgan holda keltiriladi va 2—3 kun davomida saqlanadi.
Muzlatilgan kalmarlar 18—20°C li suvda yoki ochiq havoda muzdan tushirib, og'iz bo'shlig'i, ko'zi va ichi ajratiladi. Kalmarlar terisi, tiralib suzuvchi bo'g'ini, boshi o'z massasiga nisbatan 3 barobar ko'p 65—70°C issiq suvda 4—5 minut davomida tez aralashtirilgan holda yuzaki pishirilib, sovuq suvda yuviladi. Vazn og'irligini kamroq yo'qotishlari uchun 30 sekund davomida qaynab turgan suvga botirib olsa ham bo'ladi, lekin bunda kalmar go'shti pushti rangga kiradi. Kalmarlar o'z massasiga nisbatan 2 barobar ko'p qaynab tuigan tuzh suvga solinib, 2,5 minut davomida qaynatilib, o'z qaynatilgan suvida sovutiladi (1 kg kal'marga 2 litr suv va 15 gramm tuz solinadi). Bundan tashqari, kalmarlarni 7—10 minut davomida bug'da pishirsa ham bo'ladi. Pishirilgan kalmar kesilib har xil yaxna va issiq taom tayyorlashda ishlatiladi. Kalmarlar salatga va vinegretlaiga, suyuq taomlaiga, qiymaga aralashtirib ishlatiladi. Issiq quyuq taomlar kalmarlarga sabzavot, yorma, dukkaldi, bahq, pishloq mahsulotlari bilan tayyorlansa, uning xushxo'rligi oshadi. Qovurish natijasida kalmar to'qimalari dag'al holga kelmasligi uchun 1 minut qaynatish tavsiya etiladi.
Dengiz toji — ikki qobiqh mollyuskadir (paKyniKa). Iste'molda qobiq ichidagi muskul va quyuqlashgan mahsuloti ishlatiladi. Dengiz toji konservalangan, pishirilgan va yangi muzlatilgan hollarda keltirilishi mumkin.
Muzlatilgan dengiz toji go'shti suvda muzdan tushirilib, chayihb, qaynab turgan ko'kat ildizU ziravorh tuzh suvda 7—10 minut qaynatiladi, sovutib kesiladi. Dengiz tojining go'shti nozik va mazaliligi sababh tansiq (ahamiyati yuqori bo'lgan) taomlar tayyorlashda ishlatiladi. Ulardan gazaklar, salatlar, yaxna va issiq quyuq taomlar, suyuq taomlar, qiyma bundan tashqari qovurilgan, yopilgan taomlar tayyorlashda, sardaklarda dimlangan holda ishlatihshi mumkin.
Midiya — juda ko'p uchraydigan ikki qobiqli dengiz mollyuskasi. Ovqatlanishda qobiq ichidagi muskul va quyuqlashgan mahsuloti ishlatiladi. Uning mazasi pishirilgan tuxum oqsiliga o'xshash, lekin biroz bahq hidi va mazasini eslatadi. Tarkibida ko'p miqdorda yod mahsuloti bo'lganligi sababh arterioskleroz kasalligiga duchor bo'lgan kasallarga midiya go'shtidan parhez taomlar tayyorlab iste'mol qihsh tavsiya etiladi.
Taom tayyorlash uchun midiya konseryalari, uning tirik holdagisi qobiqsiz pishirihb vazni 1 kilogrammgacha bo'lgan briket hohda muzlatilgani ishlatiladi. Tirik midiyalar saralanib, qobiq ustidagi ifloslangan yerlari pichoq bilan biroz qiriladi, yopishib qolgan mayda chig'anoqlardan tozalanib bir necha soat sovuq suvga solib qo'yiladi, so'ngra bir necha bor yuvib, 20 minut davomida suvda pishiriladi. Qobig'i ikkiga ajratilib, ichidagi go'shti olinib, yana bir bor qaynatilgan suvda yuviladi. Pishirib muzlatilgan midiya suv yoki ochiq havoda muzdan tushirilib yuviladi. Midiyalar salatlar, yaxna va issiq gazaklar, qiymalar, suyuq taomlar, issiq quyuq taomlar tayyorlashda ishlatiladn. Tirik midiyalarni 3—5 soat davomida 15— 17°C li sharoitda saqlash mumkin.
Trepanglar ignaterili mollyuskalar turiga kiradi. Shaldi uzun va dumaloq bo'lgani sababli ularni dengiz bodringlari ham deyishadi. O'z mazasi bo'yicha trepang go'shti osyotr baliqlarining kemirchak suyagi mazasini eslatadi. Taom tayyorlashda konservalangan, muzlatilgan, quritilgan trepanglar ishlatiladi.
Quritilgan trepanglar usti ko'mir kukuni bilan qoplangan bo'ladi. Chunki ularni quritish jarayonida ko'mir kukunidan foydalaniladi. Shu sabab ularni awal iliq suvga ustidagi ko'mir kukuni ketguncha yaxshilab yuviladi va sovuq suvda bir sutka davomida bo'ktiriladi. Bu vaqt davomida uning suvi 2—3 marta almashtirilishi lozim. Bo'ktirish natijasida trepang o'z shaklini 5 marta kattalashtiradi.
Bo'ktirilgan trepangning qorni yorilib ichi tozalanadi va yaxshilab yuvilib 2— 3 soat go'shti yumshoq holga kelguncha qaynatiladi. Shundan so'nggina undan pazandalik mahsulotlari tayyorlanadi. Trepanglar yaxna taomlar, sardaklar, qovurilgan issiq quyuq taomlar tayyorlashda, dimlangan, yopilgan hollarda ishlatiladi, suyuq taomlarga qo'shiladi. Qiyma tayyorlash uchun ham ishlatish mumkin.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma’lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80