Daraxtlar qanday o'sadi?

Материал из Wikipedia | Haqida
(перенаправлено с «Daraxtlar qanday usadi?»)
Перейти к: навигация, поиск

Barcha tirik narsalar kabi daraxtlar ham ozuqasiz o‘smaydi. Ular qanday oziqlanadi, dersiz? O‘simliklar suv va mineral tuzlarni tuproqdan oladi. Havodan — ikki oksidli uglerod, yashil barglar va quyosh energiyasidan kraxmal, shakar va sellyuloza hosil qiladi. Ya’ni, daraxt ko‘karib, rivojlanishi uchun unda kimyoviy jarayonlar ro‘y berishi, unda barcha jonivoru o‘simliklar faol ishtirok qilishlari kerak.
Daraxt tanasi va pusti o‘rtasida "kambiy" deb ataluvchi hujayralarning yupqa qavati joylashgan bo‘ladi. Daraxtning yangi hujayralari ana shu qavatda yuzaga keladi. Kambiyning ichki qismidagi hujayralar uning tanasini, tashqi qismidagi hujayralar po‘stini yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham daraxt ulg‘aygani sayin tanasining diametri muntazam ravishda kengaya boradi, lekin po‘stlog‘ining diametri o‘zgarmaganligi sabab, aksariyat hollarda u yorilib, ko‘chib tushadi.
Daraxt eniga o‘sganidek, har bir butaning uchida tirik hujayralar bo‘lgani tufayli, u bo‘yiga ham o‘sishda davom etadi. Faol o‘sish davrida bu hujayralar bo‘linib, yangi va yangi hujayralarni yuzaga keltiradi. Ularning hajmi va soni ortib, yangi barglar ko‘karib chiqadi, shuningdek, shoxlari ham kattalashib, ulardan yangi novdalar o‘sib chiqadi.
Vaqt utishi bilan butoqlar uchidagi hujayralar faolligi susayib, shoxlarining o‘sishi sekinlashadi. Bu hujayralarning sirti tangacha-tangacha bo‘lib, kurtakka aylanadi. Shoxlarda bo‘rtib chiqqan bu kurtaklarni qishda aniq ko‘rish mumkin. Kurtaklar bahorda uygonadi yoki to‘kilib tushib, buta yana ko‘kara boshlaydi. Demak, kambiy qatlami va shox uchlaridagi hujayralar daraxtning har yili eniga va bo‘yiga o‘sishiga imkoniyat yaratar ekan.
Daraxtning kesilgan joyida oqish va qoramtir doiralar aniq ko‘rinadi. Bu doiralar rangining xilma-xilligi, tanadagi hujayralarning hajmi bir xil emasligidan kelib chiqadi. Oqish doiralar bahor va yoz boshida hosil bo‘lgan katta hajmli hujayralardan, qoramtir ranglilari yoz oxirida hosil bo‘lgan kichik va kalin joylashgan hujayralardan yuzaga keladi. Ularning hajmiga qarab daraxt tanasining bir yilda qanchaga o‘sganini, doiralari sonidan esa daraxtning yoshini ham bilish mumkin.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80