Daholik nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Vaqti-vaqti bilan biz gazetalardan qaysidir maktabda daho o‘quvchi paydo bo‘lganini yoki qaysidir shaxsning kutilmagan kashfiyoti bilan daho deb tan olinganini o‘qiymiz. Shuningdek, o‘tmishda yashab o‘tgan juda ko‘p daho siymolar haqida ham tarixdan ko‘p narsa bilamiz. "Daho" degani nima va daholik darajasiga qanday erishiladi? Qomusiy lug‘atda "Ijodiy iqtidorning eng oliy cho‘qqisi geniallik, shunday iqtidor egasi daho deb ataladi. Daholik sifat jihatdan yangi, noyob asar yaratish, kashfiyot qilish, ijodning ilgari noma’lum bo‘lgan yo‘llarini topishdan iboratdir. Qadimdan daho iste’dodiga ilohiy marhamat, ilohiy ilhom turi deb qaralgan", deyiladi. Demak, shaxsning daholigi — kashfiyotining daraj;asi bilan o‘lchanadi. Zakolik quvvati daholigi e’tirof ztilganlarniki bilan teng bo‘lsa-da, biron bir ulut ip1 qilmagan va shuhrat qozonmagan daholar ham bo‘ladi. Shunday ham bo‘ladiki, daholigi e’tirof etilmaganlarning kashfiyotlari ham o‘rtacha andozalarga moye kelmaydi. Shuningdek, endilikda daho deb tan olingan aksariyat shaxslar o‘z zamonasida faqirlikda umr kechirib, o‘zlarini omadsiz deb bilishgan. Zero ularning ishlari hayotlik davrlarida zamondoshlari tomonidan tan olinmagan.
Daholik — iste’dod emas, zero iste’dodli shaxe o‘ziga daxldor muayyan vazifani juda yaxshi ado etishi, ya’ni u fortepyano chaladimi, konkida uchadimi yoki rayem chizadimi, o‘ziga tegishli vazifani mahorat darajasida bajara oladi.
Ammo daholik iste’dod darajasidan yuqori turadi. Dahoning sharofati bilan olam usiz erishib bo‘lmaydigan nimagadir erishadi. Aytaylik, odatda biron bir alohida sohaga, masalan, kimyo, adabiyot, musiqa yoki san’atga ixtisoslashgan daholar bo‘ladi. Ammo uning umumiy zakovat darajasi favqulodda yuksak bo‘lmasa, u iste’dod doirasidan yuqori ko‘tarila olmaydi.
Daholar ta’lim jaryoni va tasodif tufayli kashf etiladi, lekin chinakam daholikka erishadiganlar gayrat va qatiylik bilan mehnat qilishadi hamda boshqalar o‘tolmagan tusiqlardan ortga chekinmaydigan bo‘lishadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80