Bur nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Hayotida bo‘rni ushlab ko‘rmagan odam topilmasa kerak. Yer sharidagi millionlab maktablardagi o‘quvchilar darstaxtaga yozishda bur ishlatishadi. Endi bir ran. Okeanda bir paytlar turli xil mayda usimlik va jonzotlar yashagan. Ular orasida bir hujayrali, sirti ohak bilan qoplangan "Foraminifera" degan jonzot ham bo‘lgan. Bunday jonivorlar okean tagiga cho‘kib, vaqt o‘tishi bilan ana shularning zirhlaridan qalin qatlamlar yuzaga kelgan. Albatta, bu jarayonlar bo‘lib o‘tishi uchun million yillar ketgan. Asta-sekinlik bilan bu qatlam sementlasha borib, biz yumshoq "bo‘r" deb atayotgan ohakli jism hosil bo‘ldi.
Ma’lumki, yerda kechgan turli xil jarayonlar natijasida ummonlar hududi quruqliklarga aylangan. Ayni shunday holat La-Mansh bo‘g‘ozida ham sodir bo‘lgan. Ummon tagidagi bo‘r qatlamlari dengiz yuzasiga chiqib qolgan. Uning yumshoqroq qismlari suvda yuvilib, ulkan bo‘r qoyalari hosil qilgan. Bu qoyalarning eng mashhurlari Angliya tomondagisi — Duvr, Fransiya tomondagisi — Dyeppa qoyalaridir.
Dunyoning ko‘pgina mintaqalarida bur qatlamlari bir zamonlar suv ichida bo‘lib, keyinchalik ular quruqlikka aylangan. Dengizlardan yiroq joylarda ham bo‘r konlari uchraydi. AQShning Kanzas, Arkanzas va Texas shtatlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Lekin eng sifatli tabiiy bur Angliyada olinadi.
Insoniyat yuz yillardan beri bo‘rdan turli maqsadlarda foydalanib keladi. Maktab uchun bo‘rning 95 foizlisini ishlatgan ma’qul. Turli xil bo‘yoqlar qo‘shish bilan har xil rangdagi bo‘rlarni yaratish ham mumkin. Maydalanib, yuvilgan va filtrlangach, oq kukun holidagi bur zamazka, bo‘yoq, dori, qog‘oz, tish pastasi va turli xil atir-upalar tarkibiga ham qo‘shiladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80