Bulutlarning shakli nega har xil bo‘ladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Tarkibida suv bug‘lari bo‘lgan issiq havo yuqorig‘a ko‘tariladi. Yuqoriga kutarilgan issiq havodagi ortiqcha namlik ma’lum bir balandlikda past haroratda suv tomchilari va muz zarrachalariga aylanishidan bulut hosil buladi.
Odamzod ko‘kda ikkita bir-biriga o‘xshash bulut parchasini kurmagan, kurmaydi ham, chunki ularning shakllari to‘xtovsiz uzgarib turadi. Bulutning bu kabi xususiyati ularning har xil balandlikda va har xil haroratda paydo bo‘lishidan kelib chiqadi.
Eng yuqorida, 50-100 kilometr balandlikda nurlanuvchan bulut bo‘ladi, undan pastroqda, 22-30 kilometrdagisi — "sadaf" bulut deyiladi. "Sadaf" bulut chang zarralari yoki yomgir tomchilaridan iborat bo‘ladi, uni rang-barang tovlanuvchi g‘oyat yupqa parda o‘rab olgan bo‘ladi. Bunday bulutni faqat quyosh botganida yoki subhidam payti ko‘rish mumkin.
10 kilometr va undan yuksakroqda "patsimon", "patsimon qatma-qat", va "patsimon uyma" bulutlar paydo bo‘ladi, Patsimon bulutlar xuddi patga, patsimon qatma-qatlari — yo‘l-yo‘l oqish tolalarga, patsimon uyma bulutlar esa, kichikroq dumaloq bo‘lib (ularni yana ko‘kdagi qo‘zichoqlar" ham deymiz), bulutlar yupqa muz "qipsh"chalaridan iborat bo‘ladi.
Pastak bulutlarni mayda suv tomchilari paydo qiladi. Yerdan 3-5 kilometr yuqorida butli qalin massa va suv zarralaridan qalin uyma bulutlar paydo bo‘ladi. Ana shu balandlikda ko‘tshncha butun osmonga kulrang parda tutib, Oy: va Quyosh nurlarini xiralashtiruvchi qatma-qat, zich bulutlar paydo bo‘ladi. Yana pastroqda, yerdan atigi ikki kilometr balandlikda ulkan va dumaloq qatma-qat uyma bulutlar shakllanadi. Xuddi shu balandlikda zich, qora, shakli mavhum bulutlar paydo bo‘ladi. 610 Metrdan pastroqda yuqoriga kutarilgan tuman to‘p-to‘p bulutlarga aylanadi. Gulkaramga o‘xshash yomg‘irli uyma bulutlar qalin va zich bo‘ladi, ular momaqaldiroq va kuchli shamollarni qo‘zg‘ata oladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80