Biz pulni nega qadrlaymiz?

Материал из Wikipedia | Haqida
(перенаправлено с «Biz pulni nega qadraaymiz?»)
Перейти к: навигация, поиск

Mahsulot almashitttda puldan foydalanish inson, miyasiga kelgan eng garoyib fikr edi. Ammo bu fikr birinchi bulib kimning miyasiga kelganini aniqlab bulmaydi. Bundan ming yillar muqaddam, hali pul tushunchasi bulmagan zamonlarda ajdodlarimiz mahsulotni mavoza (barter) yordamida almashishgan. Mahsulot almashishning bu usuli ancha murakkab va noqulay edi. Masalan, kishi o‘zida yuq bulgan, lekin kerakli mahsulotni borib uzga birovdan, uzi yaratadigan mahsulotga almashishni taklif qiladi. Agar uzgada almashysh taklif etilgan mahsulotga ehtiyoj bo‘lmasa, mavoza amalga oshmagan. Shuning uchun ham, bu usul bora-bora takomillashib tamaki, sigir, don, mol terisi, tuz va munchoq kabi hamma olishi mumkin bulgan narsalar pul vazifasini utay boshlagan. Keyinchalik ularni oltin va kumush parchalari siqib chiqargan. Bora-bora oltin va kumushdan ma’lum vaznli tangalar zarb qilingan. Bunday tangalarga muayyan miqdorda mahsulot xarid qilingan. Masalan, bir nechta tilla tangaga bitta sigir yoki 10 qilogrammgacha tamaki olish mumkin bulgan. Endilikda biz tovarni qogoz pul va tangalarga xarid qilamiz. Pul hukumat tomonidan chiqarilib, qiymati kafolatlanganligii tufayli, hammamiz ulardan bir xilda foydalanamiz.
Mana endi, pulni nega qadrlaymiz, degan savolga javob bersak. Zero, pul vositasida yashash uchun zarur bulgan turtta muhim vazifani bajaramiz.
Birinchidan, pul yordamida ma’lum bir tovarga va savdo keritish imkoniyatiga ega bulamiz. Aytaylik, velosiped sotib olmoqchisiz va bunga erishish uchun pichan urishga rozisiz. Lekin pichan urdirmoqchi bulgan odam velosiped sotmaydi. U faqat bajargan ishingiz uchun sizga pul berishi mumkin. Siz pichan urib, evaziga olgan pulni dukonga olib borib berasiz. Demak, pul orqali mehnatingizni velosipedga almashtirasiz.
Ikkinchidan, pul qiymat ulchovidir. Ya’ni, pul yordamida buyumlarning qiymatini aniklashingiz mumkin. Siz pichanzorni 1,5 soatda urib tugatasiz. Velosiped esa 50 funt turadi. Siz tovarning qiymatini mehnatingiz bilan solishtirgan holda velosipedning qiymati haqida aniq tasavvurga ega bulasiz. Uchinchidan, pul — boylik zaxirasi. Polizda yetishtirilgan qovunlarni uzoq as-rab bulmaydi. Agar ularni bozorga chiqarib sotsangiz, tushgan pullarni istalgan vaqtgacha asrashingiz mumkin.
To’rtinchidan, pul bulgusi tulovlar vositasidir. Siz velosiped uchun 10 funt berib, qolgan summani keyin tulash haqida sotuvchi bilan kelishib oldingiz: Lekin qarzni tuxum yoki pomidor bilan tulab bulmaydi, uni faqat pul bilan tulashingiz kerak.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80