Atrofimizdagi olam koinotning kengligini aniqlasa bo’ladimi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Koinotning qanchalik keng ekanligini inson aql-idroki hanuzgacha aniqlay olmagan. Nafaqat koinotning kenglik darajasi, balki bu kenglikning intihosi qayerdaligini tasavvur qilishga ham ojizlik qilamiz. Nega shunday, deysizmi? Bu savolga javob berish uchun fazoning chetidan turib Yer kurrasiga nazar tashlashning o‘zi kifoya qilardi. Shunda biz, ona sayyoramiz — Yerning Quyosh tizimidagi atigi bir kichkina zarra ekanligini anglagan bo‘lardik. Quyosh tizimi majmuasiga: Quyosh, uning atrofida aylanayotgan katta-yu kichik sayyoralar, uchar yulduzlar turkumlari kiradi. Quyosh tizimi esa, uz navbatida, "Galaktika" deb nomlanuvchi boshqa bir cheksiz tizimning tarkibidadir. Galaktikada aksariyati Quyoshdan ham ulkan million-million yulduzlar mavjud bo‘lib, har biri uzining quyosh tizimiga ega.
Galaktikamizda biz "Somon yo‘li", deb ataydigan yulduzli yo‘lak ham aslida sonsiz-sanoqsiz "quyoshlar" turkumidan iborat ekan. Ana shu "quyoshlar " oralig‘idagi masofalar shunchalik ulkanki, ularni kilometrlarda emas, yoruglik yillari hisobi bilan o‘lchashga tug‘ri keladi. Yorug‘likning yillik tezligi 11 000 000 000 000 kilometrga teng. Yerga eng yaqin va eng yorqin yulduz — Sentavr alfasi bilan Yer oralig‘idagi masofa 46 000 000 000 000 kilometr. Ana shu raqamlarni nazarda tutgan holda, endi galaktikamiz kengligini aniqlashga urinib kuraylik. Falakiyotshunoslarning hisob-kitoblariga kura, galaktikamiz diametri 100 000 yoruglik yiliga teng ekan. Bu 100 000 marta 11 000 000 000 000 kilometr degani. Tasavvur qilyapeizmi? Ammo galaktikamiz, o‘z navbatida, yanada ulkanroq boshqa bir yangi tizimning kichik bir bulakchasi ekanligini ham tasavvuringizga sig‘dirishga harakat qiling-chi, qani! Ha, fazoviy o‘lchamlar ana shunday cheksiz va chegarasizdir!
Kim bilsin, Somon yo‘lining naryog‘ida million-million galaktikalar mavjud bo‘lishi va pirovardida ular ham birlasha-birlasha, yangi-yangi tizimlar zanjirini intihosiz davom ettirishar?! Shuning uchun ham inson aql-tafakkuri va tasavvur salohiyati koinot kengliklarini aniqlashga hozircha ojiz, deyishga majburmiz.
Darvoqe, falakiyotshunos olimlarning taxminlariga ko‘ra, koinotda hamon kengayish jarayonlari davom etayotir. Ana shu hisob-kitoblarga qaraganda, galaktikalarning hozirda mavjud bo‘lgan oraliq masofasi yana bir necha milliard yillar mobaynida ikki barobarga ortishi mumkin ekan.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80