Atomning hajmi qancha buladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Sinxrofazotron ixtiro etilishi bilan olimlar atom haqida juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishmoqda. "Atom" so‘zi yunonchada "bo‘linmas" ma’nosini anglatadi. Qadimgi yunonlar har qanday materiyaning eng kichik zarrasi atom deb hisoblashgan. Vaholanki, butunga kelib atomning tarkibida yigirmadan ortiq zarrachalar borligi kashf etildi. Hozir olimlar atom tarkibida elektronlar, protonlar, pozitronlar, neytrino, mezonlar va giperonlar bor, deb hisoblashadi.
Elektronlar bu— manfiy zaryadli zarralardir. Taxminan 1836 marta elektrondan ogir bo‘lgan proton esa musbat zaryadga ega. Yanada og‘irroq bo‘lgan neytron zarrasi — neytral. Pozitron, taxminan elektronga teng bo‘lib, manfiy zaryadli. Neytrino elektrondan ikki ming marta kichik va u zaryadsiz. Mezonlar manfiy zaryadga ham, musbat zaryadga ham ega bo‘lishlari mumkin. Giperonlar protonlardan kattaroq.
Mazkur zarralar yoki zaryadlarning barchasi qay tarzda birikishlari hozirgacha noma’lum. Turli kimyoviy moddalar mana shunday atomlardan tarkib topadi. Ularning vazni turlicha. Kimyoviy moddalar atom og‘irligiga qarab jamlanadi va birlashadi. Masalan, bunday jadvalda vodorod birinchi raqamda, temir esa ellik beshinchidir. Demak, temir atomi vodorod atomidan 55 marta og‘irroq. Lekin ularning vazni g‘oyat kichik. Atomlarning qanchalik kichkinaligini tasavvur qilish uchun bir gramm vodorodda qancha atom borligini tasavvur qilib ko‘rish kerak. Bu yigirma uchta noldan iborat "olti" raqamdir, Bir gramm vodoroddagi atomlar sonini bir sekunddan sanab turib, oxirigacha yetish uchun o‘n ming marta million-million yil kerak bo‘lar ekan!

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80