Atom energiyasi nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Atom energiyasi bu—atomdan olingan energiyadir. Har bir atom energiya zarralaridan iborat. Atomning barcha zarralarini ana shu energiya birlashtiradi. Bu energiyaning manbai esa atom yadrosidir. Ushbu energiya atom yadrosining parchalanishi natijasida olinadi. Atomdan energiya olishning ikkita uslubi (reaksiyasi) mavjud. Birinchisi bu — sintezlash reaksiyasi, ikkinchisi — bo‘linish reaksiyasi. Sintezlash reaksiyasida ikki atom birlashib, bir atomga aylanadi. Atomlarning birlashuvidan issiqlik tarzidagi juda katta energiya yuzaga keladi. Quyosh energiyasining asosiy qismi Quyoshdagi sintez reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Bu atom energiyasining bir ko‘rinishidir.
Ikkinchi uslub bu — bo‘linish reaksiyasi yoki parchalanishdir. Parchalanishda bir atomning ikkiga bo‘linishi sodir bo‘ladi.
Bunga atomni atom zarralari, masalan neytronlar bilan (u atom tarkibiga kiradi) "bombardimon" qilish orqali erishiladi. Ammo "bombardimon" qilishning o‘zi bilangina atomni parchalashga erishib bo‘lmaydi. Aksariyat atomlar parchalanmaydi ham. Uran va plutoniy atomlarini parchalash uchun ma’lum bir sharoit kerak bo‘ladi. Uranning turlaridan biri — 235-uran (uni yana "uran izotopi" ham deyishadi) neytronlar bylan bombardimon qilinganda ikki qismga ajraladi. Bunda qancha energiya hosil bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rish lozim. 235-uranning bir kilogrammi bir kilogramm kumir yonganda chiqqan energiyaga qaraganda million marta ko‘p energiyani hosil qila olar ekan. Uranning birgina kichik parchasi okeanlararo suzib yuradigan butun bir kemani, samolyot yoki generatorni ishlata olar ekan.
Ko‘rib turganimizdek, atom energiyasi kelajakda insoniyat uchun asosiy energiya manbaiga aylanishi mumkin.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80