Atmosfera nimalardan tarkib topgan?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Oy va uzga sayyoralarning kashf etilishi haqida ran borganda, eng avvalo, ularda atmosfera bormi, degan savol urtaga quyiladi. Zamonaviy falakiyot fanida qayd etilishicha, koinotdagi birorta ham sayyora yoki yulduzlar Yerdagiga uxshash atmosferaga ega emas.
Endi atmosferaning uzi nima, degan savol tug‘iladi. Biz atmosferani bir necha yuz mildan iborat qalinlikda Yer kurrasini qurshab turgan havo ummoni tarzida tasavvur qilamiz. Bu havo ummoni butun Yer kurrasi bo‘yicha bir xil xossaga ega. Uning tarkibi asosan mutanosibligi uzgarmaydigan gazlardan iborat. Bu gazlarning taxminan 78 foizi azot, 21 foizi kislorod, qolgan bir foizini kamyob gazlar — argon, neon, geliy, kripton va ksenon tashkil etadi. Yer kurrasini 18, ayrim holatlarda 44 milgacha qalynlikda urab turgan havo ummonining kimyoviy tarkibi bir xil. Atmosferaning yerga yaqin qatlami troposfera deb ataladi.
Yer sathidan 18 dan 31 milgacha balandlikdagi havo qaynoq, Selsiy shkalasi bo‘yicha taxminan 42 darajaga yetadi. Mazkur qatlamning qaynoqligi uning tarkibidagi ozonning quyoshdan kelayotgan issiqlikni uziga yutishidan sodir buladi. Ozon — kislorodning uzgacha, uch molekulali shakli bulib, u Yerni Quyoshning utkir ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi. Ozon qatlamisiz yerdagi lsami tirik jonzotlar quyosh nurlariga dosh berolmagan bulardi.
44 dan 310 milgacha balandlikda Quyosh nurlarining elektrlangan zarralaridan iborat ionosfera qatlami boshlanadi. Yer sathidan balandlashgani sayin atmosfera siyraklasha boradi. Bunda pastdagi molekulalar tepadagilar bilan tuqnashganda koinotga tarqalib, atmosfera ham siyraklashib borib tutaydi. 400 dan 1500 milgacha balandlikdagi — ekzosfera deb ataluvchi qatlamda atmosferadan ajralib chiqqan alohida havo molekulalari deyarli erkin harakatda bo‘ladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80