Astronomlar nega Marsda hayot bor deb o‘ylashadi?

Материал из Wikipedia | Haqida
(перенаправлено с «Astronomlar nega mars da hayot vor dev o‘ylashadi?»)
Перейти к: навигация, поиск

Olimlar koinotda tiriklik, hayot izlarini topish uchun tinimsiz izlanishlar olib borayotganlaridan hammamiz xabardormiz. Ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, Mars sayyorasida ham ma’lum bir shakldagi tiriklik izlarini ko‘rish mumkin ekan. Buni nega aynan Marsda uchratish mumkin? Chunki astronomlar Marsni "Yerning egizagi" deb atashadi. Quyoshga yaqin sayyoralar ichida Mars Yerdan keyin joylashgan bo‘lib, diametri yerning yarmiga teng. U Quyosh atrofida deyarli ikki yilda bir marta aylanib chiqadi. Lekin Marsdagi kun Yerniki bilan deyarli moye keladi.
Astronomlar Marsni kuzatish jarayonida unda hayotning ayrim boshlangich, ibtidoiy belgilarini qayd etishgan, dedik. Birinchidan, Marsda ham Yerdagi kabi yil fayellari mavjud. Darhaqiqat, fayellar almashganida Mars sayyorasi sathining qoramtir hududlari yanada qorayib, ko‘kimtir — zangori rangli qismi esa sargaya boshlaydi. Bu nimadan dalolat beradi? Balki bu o‘simliklar rangining o‘zgarishi tufaylidir? Astronomlarning taxminicha, Mars sayyorasi atmosferasida hayot rivojiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan oz miqdorda suv bug‘lari ham mavjud bo‘lishi mumkin. 1887 yilda italyan astronomi Jovanni Skiaparelli Mars sathida kanallarga o‘xshash inshootlarni kuzatganini e’lon qilgan edi- O‘shanda olimlar "Marsliklar mazkur inshootlarni sayyoraning Qutb qismidan qaqroq hududlariga suv chyqarish uchun qazigan bo‘lishlari mumkin emasmi?" degan savolni-qo‘yyshgan.
1976 yilda Mars sayyorasiga Amerikaning ikkita "Viking" apparati qo‘ndirildi. Mazkur apparatlar ko‘magida sayyoradagi hayot izlarini topish maqsadida undagi tuproq xossalari va sirt sathidan olingan namunalar tekshirilib, natijalari Yerga yuborildi. Mazkur tadqiqotlar sayyora tuprog‘ida mikroorganizmlar bo‘lishi ehtimolini ko‘rsatmoqda. Ammo Mars zamini Yernikidan butunlay o‘zgacha bo‘lishi ham mumkin. Binobarin, taxmin qilish mumkinki, Marsda hayot 6qp bo‘lsa ham, u hali boshlangich, ibtidoiy holatdadir.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80