Asl metallar probasi

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Asl metallar probasi - (lotincha probo — sinab ko`rish, baholash) — ishlanadigan va tanga zarb qilinadigan qotishma tarkibidagi sof oltin, kumush, platina va b. qimmatbaho metallar miqdorini ifodalaydigan mezon. Ko`pchilik mamlakatlarda Asl metallar probasi metrik tizim bo`yicha 1000 g qotishma tarkibidagi nodir metallning grammlar miqdori bilan ifodalanadi. Odatda asl metallar yumshoqroq bo`lib, bu metallarga legirlovchi metallar (mis, rux, nikel va h. k.) qo`shilmasa, ulardan tayyorlangan buyumlar puxta bo`lmaydi. Ilgari (1917 yilgacha)O`zbekistonda proba tizimi 96 misqoldan (har misqol 4,25 g) iborat qadoqqa (409 g ga) asoslangan. Unda eng yuqori darajadagi Asl metallar probasi 96 ga teng edi. Hozir O`zbekistonda oltin buyumlar uchun 375, 500, 583, 750, 958 probalar, kumush buyumlar uchun 800, 875, 916, 960 probalar, platina buyumlar uchun 950 proba, palladiy buyumlar uchun 850 proba mavjud. O`zbekistonda asl metallardan yasalgan buyumlarning qonunlashtirilgan probalarga muvofiq kelishini O`zbekiston Moliya vazirligi nazorat qilib boradi. Buyum probasini tasdiklash uchun unga davlat tamg`asi urib kafolatlanadi.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. http://referat.arxiv.uz


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80