Ashrabov Abbos Boboyevich

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ashrabov Abbos Boboyevich (1913.2.10, Piskent) — Qurilish sohasidagi olim. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi (1964). Texnika fanlari doktori (1961), professor (1960). O`rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1940), shu institutda ishlagan (1935—91), O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Inshootlar instituti direktori (1958—63), Toshkent arxitektura va qurilish institutida professor (1992—96). Ilmiy ishlari qurilish materiallariga, binokorlik nazariyasi va amaliyotiga, zilzilabardosh binolar va inshootlarga doir. Ashrabov Abbos Boboyevich zilzilabardosh binolar yaratishga asos solganlardan biri. U O`rta Osiyoda birinchi bo`lib beton va temir-beton buyumlarga yengil to`ldirgich — keramzit ishlatishni, qurilishni industrlashtirish usullarini, tarixiy yodgorliklardan zamonaviy binolar qurilishida foydalanishni tavsiya etdi. Ashrabov Abbos Boboyevichning beton va temir-beton sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari Davlat standartlari me`yorlari (normalari)ga kiritilgan.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80