Asfalt qanday paydo bulgan?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Biz tug‘ilibmizki, asfaltni kuramiz, asfalt yulaklardan yuramiz, velosiped va avtomobillarni minib, asfalt yullarda sayr qilamiz. Qadim zamonlarda ham odamlar asfal’tdan foydalanishgan. O‘zining suv o‘tkazmaslik xususiyati bilan u qadimgi Bobilda "Smola" (qatron) nomi bilan ma’lum edi, keyinchalik u qadimgi Rimga ham ma’lum bulib, "bitum" deb ataladi. Rimliklar katta idishlarga, chumilish hovuzlariga suvni saqlab turish uchun asfalt surkashgan, Asfalt bu — tuq Jigarrang yoki qora rangli mineral modda. Yer qa’rida u suyuq va qattiq holatda uchraydi. U yana yermoy (neft) tarkibiga ham kiradi. Qizdirilganda yumshab, suyuqlikka aylanadi, soviganda yana qotadi. Asfalt tarkibida vodorod va uglerod bor.
Ikki xil asfalt — tabiiy va yermoy asfaltlari mavjud. Tabiiy asfalt qatlam-qatlam bo‘lib, yerning yuza qismida uchraydi. Yermoy asfalti esa zamonaviy neftni qayta ishlash zavodlarida xom yermoy qayta ishlangan jarayonda olinadi.
Tabiiy asfalt qum va tog‘ jinslaridan sizib, yer yuzasiga chiqqan yermoydan hosil buladi. Toza asfalt va bitumni tog‘ jinslari ushlab qoladi. Trinidad orolida dunyoda eng ulkan asfalt ko‘li joylashgan. Uning maydoni 40 gektar, chuqurligi 30 metr keladi. 1876 yilda Vashington kuchalariga asfalt yotqizilganda, uning asosiy qismi Trinidaddan keltirilgan edi.
Hozir kupgina mamlakatlarning yullarida asfalt-sement aralashmasi qullaniladi. Bunday asfalt mustahkam bo‘lgani uchun ham ogir bosimda sinmaydi, egiladi. Aeroportlarda ayrim samolyotlarning og‘irligi 140 tonnadan oshiq bo‘lganligi sababli, qunish yo‘laklarini qurishda maxsus chidamli asfalt turlari ishlatiladi. Shuningdek, ayni shunday asfalt og‘ir vaznli yuk mashinalar qatnaydigan avtomobil yullarini qurishda ham ishlatiladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80