Asbest nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ko‘pchiligimiz asbestni yaqinda kashf etilgan deb o‘ylaymiz. Aslida uning insonga ma’lum bo‘lganiga ko‘p ming yillardan oshib ketgan. Qadimgi ibodatxonalarni olovdan asrash uchun asbest qo‘llanilgan. Bundan 2000 yillar muqaddam rimliklar asbestdan murdalarni olovda kuydirish uchun foydalanganlar. Asbest yunonchada "yo‘qolmaydigan" yoki "yonmaydigan" degan ma’nolarni anglatadi. Hozir tolali minerallarning olovga bardoshliligini sinashda ham asbest ishlatiladi. Tarkibida asbest bo‘lgan minerallar o‘zining chidamliligi bilan ajralib turadi, Asbest tarkibida kimyoviy moddalar — ohaktosh silikatlari, magniy, ba’zan esa temir ham uchraydi. Asbest tolalari paxta va jun tolalarini eslatadi, lekin asbest tolalari issiq va olovga o‘ta chidamliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham u sanoatda keng qo‘llaniladi va bu borada uning xususiyatlariga ega bo‘lgan boshqa bir mineral yo‘q.
Bu — tola olinadigan va gazlama to‘qiladigan yagona mineraldir. Olov chiqish xavfi bo‘lgan korxonalarda ishchilarning kiiimlari, bosh kiyim va poiafzallarigacha asbestdan tayyorlanadi. Asbest 1090° S dan 1650° S gacha, ba’zi navlari — 2 760° S gacha chidaydi. AQSH jahonda qazib olinadigan asbestning deyarli yarmini ishlab chiqaradi. Jahondagi asbest zaxirali konlarning 75 foizi Kanadaning Kvebek provinsiyasida joylashgan. Asbest ayrim tog‘ jinslari tarkibida ham uchraydi. Ba’zan uni qazib olish uchun korxona quriladi. Bir tonna asbest olish uchun 45 tonna tog‘ jinsini qayta ishlab chiqish lozim bo‘ladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80