Antibiotiklar nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun ichiladigan dorilar "antibiotik"lar deyiladi. Anti — qarshi, biotik — hayot degani. Antibiotiklar tanda faqat kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni o‘ldiradi. Ular tirik organizmlardan — bakteriyalar, turli xil aralashmalar va o‘simliklardan ishlanadi. Antibiotiklarni tayyorlash 1928 yilda Aleksandr Flemmingning penitsillin dorisini kashf etishidan boshlandi. Uning kashfiyoti boshqa olimlar tomonidan o‘rganilib, antibiotiklarning yangi turlarini topishdagi tadqiqotlarning boshlanishiga turtki bo‘ldi. Yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi kurasha oladigan moddalarni yaratuvchi mikroorganizmlarni topish uchun jahon bo‘yicha olingan tuproq namunalari o‘rganib chiqildi. Natijada endilikda penitsillin, streptomitsin, aeromitsin, terramitsin kabi ko‘plab antibiotik dorilar insonlarga xizmat qilmoqda. Ayrim antibiotiklar, kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga ta’sir qilishdan tashqari organizm uchun zaharli ham bo‘lishi mumkin.
Antibiotiklarning bakteriyalarni rivojlanishdan to‘xtatishi qanday sodir bo‘lishini biz haligacha yaxshi bilmaymiz. Antibiotiklar bakteriyalarning o‘sishi uchun zarur ozuqa olishlariga xalaqit beradi, degan taxmin ham bor.
Har bir yuqumli kasallikning o‘z antibiotigi mavjud. Ba’zi antibiotiklar bemorlarda allergiya qo‘zg‘ashi ham mumkin.
Ba’zan antibiotiklar bilan uzoq davolanishga, ba’zan esa ularni profilaktik maqsadda qabul qilishga to‘gri keladi. Antibiotiklar kashf qilingandan beri yuqumli kasalliklardan bemorlarning nobud bo‘lish holatlari keskin kamaydi. Ko‘pgina kasalliklar endilikda inson hayoti uchun xavf solmaydigan bo‘ldi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80