Amneziya nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ba’zan gazetalarda o‘zining kimligini "unutgan"lar haqidagi xabarlarni - o‘qib qolamiz. Bunday odam o‘tmishini, hatto ismini ham unutadi. Vaqt-bemahal insonning boshidan noxush tuyg‘ular kechadi: ranjiydi, gazablanadi, umidsizlanadi yoki biron nimadan qattiq qo‘rqadi. Bunday holatda u baqirishi, qizarishi yoki sovuq terga botishi mumkin. Bular irodadan tashqari, o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan, barchamizning boshimizdan kechadigan tabiiy holat. Ammo odam ruhiy tanglikka o‘zgacha munosabatda bo‘lishi ham mumkin. Uni bezovta qilayotgan muammolardan "qochib", go‘yo ularga ahamiyat bermayotganday o‘zini beparvo tutishi mumkin. U shu yo‘sinda o‘zini ruhiy tanglikdan "muhofaza" qilib, muammolardan yuz o‘girmoqchi bo‘ladi.
Bu holat fan tilida amneziya deyiladi. Odam o‘zini, tashvishlantiruvchi va dilini g‘ashlantiruvchi noxushliklar u bilan emas, boshqa birov bilan sodir bo‘lganday tutib, hammasini "unutadi". Ana shu "unutish" jarayonida utna ko‘ngilsizliklarga daxldor narsalarning aksariyati hatto o‘z ismini ham esdan chiqaradi. O‘tmishidagi narsalar unut bo‘ladi-yu, ammo hozirgi davrida u sog‘lom odamlarday yashab, ishlayotgani bois hech kimning e’tiborini o‘ziga qaratmaydi.
Ayrim hollarda amneziyaga chalingan odam hech kutilmaganda o‘z-o‘zidan sog‘ayib ketishi ham mumkin. Aksariyat holatlarda, bunday bemorlar ruhshunos yordamiga muhtoj bo‘lishadi. Shunisi qiziqki, amneziyadan tuzalgan bemorlar kasallik davrida boshidan nimalar o‘tganini hech eslasholmaydi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80