Ammiak nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ammiak bu — o‘tkir hidli rangsiz gaz. Ammiak aralashgan havodan nafas olish hayot uchun xavflidir. "Ammiak" atamasining kelib chiqishi Misrdagi bir ibodatxona bilan bog‘liq ekan. Bu yerda shoh Ammon tomonidan kashf etilgan "xlorli ammoniy"dan ammiak hosil bo‘lgan.
Birinchi bo‘lib ammiakni sanoat usulida ingliz kimyogari Jozef Pristli 1774 yilda sun’iy yo‘l orqali tayyorlagan va o‘shanda uni "ishqorli gaz" deb atagan edi. Usimlik va hayvonlarning chirishidan havoda ozroq miqdorda ammiak hosil bo‘ladi. U oz miqdorda yomg‘ir suvlari tarkibiga ham kiradi. Lekin sanoat maqsadlarida ishlatiladigan ammiak sun’iy yo‘l bilan olinadi.
Ammiak tarkibiga azot va vodorod kiradi. Ularning qo‘shilmasidan ammiak hosil bo‘ladi. Azot havodan olinadi, vodorod esa suvdan. Ikkala komponent quritilib, 530 °S da qizdiriladi, siqilgan aralashma turli xil tuzlardan utkazilganda, ammiak hosil bo‘ladi.
Ammiak havodan yarim barobar yengil. U siqilib, sovitilgach, suvga o‘xshash suyuqlikka aylanadi, lekin minus 34° S da qaynay boshlaydi. Siqilish jarayonida ammiak bug‘lanadi. Bunda u katta miqdorda issiqlik yutadi. Shuning uchun ham undan muzlatkichlarda sovitgich sifatida foydalaniladi. "Xonaki ammiak" — ammiakning suvli eritmasidir. U kir yuvganda suvga qo‘shiladi.
Ammiak kislotalar bilan kirishganda ammiakli tuzga aylanadi. Ammoniyli xlorid payvandlash ishlarida, mustaqil quvvat manbalari (batareya, akkumulyatorlar)da va tibbiyotda qo‘llaniladi. Sulfat ammoniy — yaxshi o‘g‘it. Nitrat ammoniy — ham o‘g‘it, ham portlovchi modda. Novshadil spirt tarkibida ham karbonat ammoniy bor. Yuqrridagi barcha aralashmalar ammiakning ma’lum bir kislota bilan aralashmasidan yuzaga keladi, biroq bu tuzlarning ba’zi birlari qisman tabiatda ham hosil bo‘ladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80