Amerikani kolumb kashf qilganmi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Biz "kashf qilmoq" so‘zini gurur bilan ishlatamiz va bu so‘zning ko‘pdan-ko‘p ma’nolari mavjudligini teran his qilamiz. Biz, qachonlardir o‘zga sayyoraliklar, noma’lum tamaddun vakillari Yer sayyorasining qaysi nuqtasiga safar qilgan, ular Yerni o‘rganganlar deb ham taxmin qilamiz. Sayohatchi yoki kashf qiluvchi kashshof uzi kashf etgan yangi bir zaminda yangi bir madaniyat, boshqa bir aholi vakillari yashab turganini, umrguzaronlik qilayotganini yoki qilganligini anglab qoldi, deylik. Shunday bulib chiqsa, endi u yerni kashshof (birinchi bo‘lib kashf etgan, ochgan) kishining nomi bilan boglashning ma’nisi bormikan? Biz, Amerikani Kolumb kashf etgani haqida ko‘p gapiramiz. Darhaqiqat, u "yangi olam"ni kashf etganidan so‘ng "eski olam" (Yevropa) aholisi vakillari u ochgan yangi zaminni o‘zlashtira boshladilar.
Vaholanki, Kolumb tugilishidan 500 yillar oldin qadimgi skandinavlar o‘sha zaminni o‘zlashtira boshlaganlar. Ular quyosh botadigan garb tomonlarga suza-suza, avval Islandiyani, undan keyin Grenlandiyani va nihoyat, Amerika qit’asini ham kashf etganlar. Butana emas, Xitoy solnomalarida xitoylik dengizchilarning hozir biz Kaliforniya deb ataydigan hududlargacha yetib borganliklari haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolgan. Janubiy dengiz orollarining aholisi orasida aytiladigan xalq qo‘shiqlarida esa uzoq-uzoqlardagi (Amerika qit’asidagi) hududlarga yetib borib, buyuk ishlarni amalga oshirgan dengizchilar hakida hozir ham eslanadi.
Umuman orol, qit’alarni kashf etish, yangi yerlarni ochish, o‘zlashtirish haqidagi ma’lumotlar uzoq ming yillardan buyen davom etib kelayotir. YA’ni, bu ishlar Kolumbgacha ham amalga oshirib kelingan. Kim biladi deysiz, balki Amerika qit’asining Kolumb tomonidan kashf etilishi yoki undan ham oldin bu qit’aga skandinaviyaliklar yoki xitoyliklarning borib -kelib turganligi ham biz uchun yaqin asrlarga oid voqealardir? Gap shundaki, bu qit’ada oq tanli odamlar yashay boshlaganidan ancha asrlar oldin qizil tanli tub aholining (biz ularni hozir "hindular" deb ataymiz) yashab kelganligi rost gap-ku, axir. Shunday ekan, endi bu yerlarni Kolumb kashf etdi, deyishimiz nechog‘lik to‘gri bo‘ladi?..


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80