Alkogoldan nega mast bo’lamiz?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Inson organizmida iste’mol qilingan taomlar tarkibidagi uglevodlar — kraxmal, qand alkogolga aylanganidan unda har doim bir grammga yaqin spirt aylanib turadi. Agar unga qo‘shimcha yana alkogol iste’mol qilinsa, nima buladi? Alkogol — bu narkotik. U asab hujayralariga tezda shimilib, ularni falajlantiruvchi xususiyatga ega. Ammo u narkotikka aylangunicha, dastlab asab hujayralarini tetiklashtirib, ularni jonlantiradi. Muntazam tarzda iste’mol qilingan alkogolning tetiklashtiruvchi xususiyati narkotikka aylanadi va unga kunikkan organizmda alkogol qaramligi paydo buladi. Alkogol ta’siridan organizm oshqozon shirasini me’yordan ortiq ishlagani bois, sulak ajralishi tezlashadi. Shuning uchun ham, aksariyat yevropaliklar ishtahani qo‘zg‘ash uchun ovqatdan oldin xushbuy vino iste’mol qilishadi.
Me’yorida ichilgan alkogol organizmga tez shimiladi, shuningdek, undagi karbonat kislota va qand oson hazm buladi. Shampan vinosi tarkibida qand va karbonat kislota bo‘lgani bois u organizmga tez shimilib, jonlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Alkogol miyani dastlab tetiklantirgani tufayli nutq va harakatlarda ham jonlanish seziladi, teri qizarib, qon bosimi ko‘tariladi, yurak urishi va nafas olish tezlashadi. Shu bilan birga, alkogol organizmga salbiy ta’sir qilib, hushyorlikni susaytiradi. Asosiy miya funksiyalarini falajlantirib, lanjlik paydo qiladi, kayfiyatni nazorat qilish izdan chiqadi. Zero organizmdagi juda ko‘p nerv tolalari tormozlanish xususiyatiga ega bo‘lib, ularni insonga xos bo‘lgan ta’lim va tarbiya darajasi nazorat qiladi. Lekin alkogoldan falajlangan tolalarda nazorat susayib, hushyorlik yo‘qolgach, odam hushyorlikda o‘ziga ravo ko‘rmagan xatoliklarga yo‘l qo‘yishi, ya’ni alkogol ta’siridan o‘zligini yo‘qotishi mumkin.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80