Ahmadobod

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Ahmadobod

AhmadobodHindiston g`arbidagi shahar. Gujarot shtatining ma`muriy va iqtisodiy markazi. Aholisi 2,9 mln. kishi (1991, shahar atrofi bilan). Mamlakatning savdo va moliya markazlaridan biri; yirik transport yo`llari tuguni. 1411 yilda Gujarot sultoni Ahmadshoh tomonidan barpo etilgan. 15 — 16 - asrlarda Ahmadobod Hindistonda muhim savdo va sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan, o`z hunarmandchiligi va ajoyib me`moriy inshootlari bilan shuhrat qozongan. 15-asrda qurilgan katta Jome masjidi, Zafar toqiTin Darvozasi (15- a.) va o`yma-korlik bilan ishlangan yog`och uylar (16 —17- alar) saqlangan. Ahmadobod ip gazlama sanoatining (Bombaydan keyingi) yirik markazi; paxta tozalash, ipak (jumladan sun`iy ipak) va boshqalar yengil sanoat tarmoqlari taraqqiy qilgan. Kimyo sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik (kimxob to`qish, zargarlik, yog`och va suyakdan o`ymakorlik buyumlari yasash) rivojlangan. Universitet bor.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80