Aftalar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Aftalar

Aftalar (yunoncha aptha — yara) — Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining kasalligi. Bunda ko`pincha til uchi yoki lunj va milklarda oq-sariq dumaloq eroziya yoki yallig`langan yarachalar paydo bo`ladi. Ular og`rib, chaynash, gapirishni qiyinlashtiradi. Ahyon-ahyonda burun, ko`z va jinsiy a`zolar shilliq qavatida ham Aftalar uchrab turadi. Aftalar ba`zan isitma, limfa bezlarining shishib og`rishi bilan o`tadigan mustaqil kasallik yoki chillashir kabi me`da-ichak kasalliklarining asorati hisoblanadi. Aftalarning kelib chiqishi, kechishi va b. xususiyatlarga ko`ra bir necha turlari farq qilinadi. Stomatit Aftalarning qayta-qayta qo`zg`aydigan alohida turidir. Davosi: achchiq, sho`r, nordon taomlar yeyish, spirtli ichimliklar ichish taqiqlanadi. Sutli hamda muloyim ovqatlar buyuriladi, shifokor tavsiya qilgan dori eritmasi bilan og`iz chayiladi.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты