Afrosiyob devoriy rasmlari

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Afrosiyob devoriy rasmlari

Afrosiyob devoriy rasmlari — Afrosiyob arxeologik qazilmalar natijasida topilgan mahobatli rangtasvirning noyob namunalari. Dastlabki namunalari arxeolog V. Vyatkin tomonidan ochilgan (1913). Keyingi qazishlar davri (1965—68) da o`zbek arxeologlari 30 ga yaqin saroy xonasini ochishga muvaffaq bo`lganlar, bu xonalarning ko`plari devoriy rasmlar, naqshlar bilan bezatilgan. Shulardan katta (11x11 m) va kichik (7x7 m) xonalardagi rasmlar birmuncha yaxshi saqlangan. Xonalardan birida erkak va ayol ark oldida o`tirgan holda tasvirlangan. Katta xona devorlariga ishlangan rasmlar detallarga boyligi, saqlanib qolgan sug`d yozuvlari bilan ahamiyatli. Xona devorlariga ishlangan rasmlarda to`y marosimi, Sug`d hukmdorining xorijiy davlatlarning elchilarini qabul qilishi, bu elchilarning yo`ldagi sarguzashtlari, yirtqich hayvonlar bilan olishuv, ov manzaralari, afsonaviy maxluklar tasvirlangan. Saklanib qolgan rasmlar tahlili o`rta asr mahobatli tasviriy san`atining g`oyaviy badiiy yo`nalishi, rassomning ish usullari va vositalari haqida, tafsilotlarga boy maishiy sahnalar, etnik ko`rinishlar o`sha davr haqida fikr yuritish imkonini beradi. Rassom devorni 3 qismga bo`lib, 2 chetki qismidan ensiz naqsh hoshiyasi ajratib olgan, asosiy qismga mavzuli tasvir ishlagan, voqealarni yuqoridan kuzatayotganday aks etgirgan. Afrosiyob devoriy rasmlari yagona bir mazmunga bo`ysundirilgan: markazda sug`d hukmdori Varxumon turadi, an`analarga ko`ra rassom uni boshqalarga nisbatan yirik ko`rinishda (butun devor balandligida, 5—6 m) tasvirlab, hukmdorning buyukligini e`tirof etadi, unga abadiylik, qahramonlik baxsh etadi. Afrosiyob devoriy rasmlari O`rta Osiyoda arablar istilosiga qadar mahobatli rangtasvirning rivojlanganlipshi, Samarqand uning markazi bo`lganligini ko`rsatadi.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Ocherki iskusstva Sredney Azii, M., 1982.


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80