Afrikashunoslik

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Afrikashunoslik

Afrikashunoslik - Afrika xalqlarining tarixi, urf-odatlari, mintaqaning ijtimoiy, iqtisodiy tuzumi, tillari, siyosati, iqtisodiyoti, madaniyati va undagi siyosiy jarayonlarni o`rganadigan fan. Afrika va uning xalqlari to`g`risidagi ba`zi ma`lumotlarni Movarounnaxr xalqlari qadimdan bilganlar. Afrika qit`asini Muhammad Muso Xorazmiy (9-asr) o`zining «Surat ul-arz» («Yer shakli») asarida tilga olgan. Afrikadagi xalqlar, ularning urf-odatlari, mashg`uloti va boyliklari to`g`risidagi ma`lumotlar dastlab ensiklopedist olimlardan Ahmad Farg`oniy asarlarida, Abu Rayhon Beruniyning «At-Tafhim» («Tushuntirish»), «Qonuni Mas`udiy», noma`lum muallifning «Hudud ul-olam» («Olam chegaralari», 10-asr), Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» (11-asr, uchinchi jild), Muhammad Najib Bakronning (13-asr) «Jahonnoma» va b. asarlarda uchraydi. Beruniy chizgan dunyo xaritasida Afrika qit`asining ham shakli bor. Afrikaning tabiiy boyliklari va xalqlari to`g`risidagi mufassalroq dalillarni biz Hofizi Abru (1361—1430)ning jug`rofiy asarlarida, Mahmud ibn Valining «Bahr ul-asror» («Sirlar dengizi») asarida ko`p uchratamiz. Afrikashunoslik borasida Rossiya Fanlar Akademiyasi 1959 yilda tashkil etgan Afrika institutida yirik ilmiy ishlar olib boriladi. Tadqiqotlar yo`nalishi quyi-dagicha: ishlab chiqarish kuchlari, o`lkashunoslik, sivilizasiya muammolari, xalqaro va Afrika mamlakatlariaro muammolar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, «islom omili», xotin-qizlar masalalari, mintaqadagi ilm-fan, ta`lim, moliya-kredit munosabatlari. Mazkur institut jahondagi eng etakchi ilmiy dargohlardan bo`lib, o`zining «Afrikanskiy rnok» («Afrika bozori») jurnalini, referativ to`plamlar, kichik ensiklopediyalar, ma`lumotnomalar nashr etadi va «Aziya i Afrika segodnya» («Osiyo va Afrika bugun»), «Vostok» («Sharq») jurnallarida Afrikaga oid muammolarni tadqiq va tahlil qiladi.

Afrika tillarini o`qitishda afrikalik olimlar, mutaxassislar xam hissa qo`shib kelmoqda. G`arb olimlari Afri-kaning siyosiy va iqtisodiy masalalarini, undagi siyosiy jarayonlarni o`rganib keng tahlil etdilar, ilmiy monografiyalar nashr etdilar. Xususan, ingliz olimlari Kravford Yuong, Jon Rayt, Martin Kramer, Jonaxan Birman, Rayt Ferst, Lillian K. Xarris, fransuz olimlari Daniel S. Papplarning nomlarini ta`kidlash o`rinlidir. O`zbekiston olimlari 60—80-yillarda eng avvalo Afrika xalqlarining milliy-ozodlik harakati bilan bog`liq masalalarni tadqiq etgan bo`lsa, 90-yillarda esa ushbu mintaqaning dolzarb hayotiy muammolarini o`rganmoqda. 80-yillarda Afrikaning turli muammolari bo`yicha bir necha o`zbek olimlarining maqola, risola va monografiyalari chop etildi, nomzodlik dissertasiyalari yoklandi. Hozirda o`zbekistonlik afrikashunos olimlar Afrikaga taallukli siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mafkuraviy, harbiy masalalarni tadqiq etmoqdalar. 1991 yilda tashkil topgan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida talabalar Afrika mamlakatlari tarixi, iqtisodi, ichki va tashqi siyosatini o`rganmoqdalar, Afrikashunoslik sohasida mutaxassis bo`lib etishmoqdalar. Afrikashunoslikga, shuningdek O`zMU da, Strategik va mintaqalararo institutida qisman e`tibor qaratilmoqda. Milliy mustaqillik sharoitida O`zbekiston-Afrika munosabatlari bir maromda rivojlana bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Afrikaning Misr, Liviya, Mali, Marokash, JAR, Mozambik, Jazoir, Tunis, Botsvana, Sudan, Efiopiya, Jibuti, Gvineya, Gabon, Benin, Ekvatorial Gvineya, Zambiya, Nigeriya, Gana, Chad, Kabo-Verde va b. mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar o`rnatdi. O`zbekiston Respublikasining Afrika mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalari yangicha ahamiyat kasb etmoqda. 1968 yildan beri Toshkentda xalqaro kinofestivallar, birgalikda sport musobakalari o`tkazilyapti.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. Ziyadullaeva L., Problem sosialno-ekonomicheskogo razvitiya osvobodivshixsya stran, T., 1986; Novikova O. B., Stran Tropicheskoy Afriki: nalogi, strategiya razvitiya i ekonomicheskiy rost, M., 1991. Giyasov B. T., Xosni Muborak — politik i diplomat, T., 1998; Rahmonov D. N., Afrika — Osiyo qit`alaridagi nizoli vaziyatlar va umuminsoniy omillar, T., 1993. Bobur G`iyosov.


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80