Afrika-osiyo g`o`zasi

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Afrika-Osiyo g`o`zasi:
1-tupi;
2-ko`k ko`sagi;
3-ochilgan ko`sagi

Afrika-osiyo g`o`zasi - o`t g`o`za (Gossypium herbaceum L.) — madaniy g`o`za turi. Genomi A,, xromosomalar soni 2p=26. Birinchi marta K. Linney ta`riflab bergan (1753). Qadimdan va o`rta asrlarda Afrika-osiyo g`o`zasi G`arbiy Afrikaning Atlantika okeani soxillaridan Xitoyning shim. viloyatlarigacha tarqalgan. O`zbekistonda 19-asr oxirigacha asosan Afrika-osiyo g`o`zasi populyasiyalari ekilgan. Afrika-osiyo g`o`zasi o`rtacha buta, tuklar bilan qoplangan (goho tuksiz bo`ladi). O`suv shoxlari uzun; hosil shoxlari 4—5 bo`g`imli. Barglari o`rtacha kattalikda, och yashildan qizg`ishgacha, 3—7 bo`lakli. Gullari o`rtacha kattalikda, gulbarglari sariq. Ko`saklari 3—4 chanokli. Tolasi kalta, dag`al, oq yoki qo`ng`ir, tolasining uzunligi 15 mm dan 25 mm gacha. O`sish sharoiti turlicha bo`lishi tufayli Afrika-osiyo g`o`zasi keng polimorfizmga ega. Afrika-osiyo g`o`zasining barcha formalari F. M. Mauer sistemasi bo`yicha to`rtta evolyusion guruhga bo`linadi: qadimgi yovvoyi xillar; ko`p yillik ruderal va madaniy xillar; juda madaniylashgan, nisbatan tezpishar tropik xillar; tezpishar, hosil shoxli subtropik xillar. Afrika-osiyo g`o`zasi paxtasining tola uzunligi va texnologik ko`rsatkichlari bo`yicha o`rta tolali g`o`zalar tolasidan past turadi. Ulardan quyi nomerli iplar yigiriladi, og`ir, shu jumladan issiq gazlamalar ishlab chiqarish da foydalaniladi (q. G`o`za).

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. Mauer F. M., G`o`za, 1-t., T., 1957; Ter-Avanesyan D. V., Xlopchatnik, L., 1973.


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80