Afrig`iylar madaniyati

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Afrng`iylar madaniyati yodgorlnklari:
1 — Ey o`qining temir uchi;
2 — Jezdan yasalgan buyumlar;
3 — Baliq tasviri tushirilgan jezdan yasalgan buyum;
4 — Urchuqlar, loydan yasalgan qo`yning boshi va yog`och taroq;
5 — Guvaladagi muhr izlari;
6 — Ohaktoshdan (tepada) va sopoldan yasalgan ostodonlar;
7 — Naqshli kigiz parchasi;
8 — Sopol parchalari;
9 — Tegirmon toshi bo`laklari.

Afrig`iylar madaniyati - Xorazmdagi 4—8-asrlarga oid madaniyat, afrig`iylar sulolasi nomi bilan bog`liq. Afrig`iylar madaniyatiga oid yodgorliklar 1937—40 ylarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisiyam tomonidan o`rganilgan. Afrig`iylar madaniyati shakllanishida qo`shni ko`chmanchi qabilalar muhim rol o`ynagan. Bu davrda antik hunarmandchilik markazi— qadimgi shaharlar inqirozga uchrab, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot qishloqda, mulkdorlarning qo`rg`oni va qasrlari atrofida jonlangan. Burgut qal`a vohasida olib borilgan qazishmalar vaqtida sertarmoq sug`orish kanali va ariqlar, dalalarning rejali joylashuvi aniqlangan. Katta-kichik turar joylar to`p-to`p joylashgan, katta er egalarining qasrlari kanallar boshida bo`lib, ular suv taqsimotini nazorat qilib turganlar. Xorazmda bu davr istehkomlari asosan paxsadan to`rtburchak tarxda qurilgan, devori burjlar bilan mustahkamlangan, davra yoki to`rtburchak tarhli (so`nggi mudofaa minorasi) bo`lgan. Yirik qal`alar (Yakka Lorson, Qum qal`a, Uy qal`a, Teshik qal`a) mudofaa istehkomlariga ega bo`lgan. Eng yirik istehkom — Burgut qal`a (maydoni 6 ga dan oshiq) atrofida shahar vujudga kela boshlagan. Turar joylar daxliz, asosiy va yordamchi xo`jalik xonalaridan iborat bo`lgan. Imoratlarning tarhi, qiyofasi aholining ijtimoiy mavqeiga bog`liq bo`lganligi aniqlandi.

Xarobalardan mis tangalar, jez, qo`lda va charxda yasalgan sopol idishlar (xum ko`zacha) siniqlari, bezak buyumlari, temirdan yasalgan dehqonchilik va hunarmandchilik qurollari ( ketmon, ketmon, pichoq va b.), shoyi, ip, jun gazlama parchalari, uch parrakli temir paykonlar, xanjarlar, yorg`uchoqlar, tegirmon toshlari, yozma yodgorliklar topilgan. Marhumlarni ostodon ( sopol tobut)larda ko`mish rasm bo`lgan. Tarixiy manbalarda 8-asrga oid Kat, Hazorasp, Urganch shahri eslatib o`tilgan.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. T o l s t o v S. P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Nerazik YE. YE., Selskie poseleniya afrigidskogo Xorezma, M., 1966; Nerazik YEYE., Selskoe jilie v Xorezme (I—XIV vv.), Trud Xorezmskoy arxeologo-etnograficheskoy ekspedisii, t. IX, M., 1976.


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80