Afoniya

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Afoniya (yunoncha a — inkor qo`shimchasi va phone — ovoz) — shivirlab gapirish qobiliyati saqlangani holda ovoz chiqmay qolishi. Afoniya turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari belgisi bo`lishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik xillari bor. Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi yoki tebranmasligi bilan kechadigan kasalliklarda (yallig`lanish, rak va h.k.) chin Afoniya ro`y beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi (qalqonsimon bez operatsiyasi va b.), nerv kasalliklari paralitik Afoniyaga sabab bo`lishi mumkin. Odatda, asabiy bemorlarda ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qo`rqish va boshqa natijasida funksional Afoniya yuzaga keladi. Halqum va hiqildoq shilliq qavatiga o`yuvchi kimyoviy moddalar ta`sir etishi va boshqa spastik Afoniyaga sabab bo`ladi.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. http://referat.arxiv.uz


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80