Afina

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
AFINA

AfinaGretsiyaning poytaxti, Attika nomi (viloyati)ning ma`muriy markazi.

Содержание

Afina geografiyasi

Afina mamlakatning jan.-sharqidagi Attika yarim orolida joylashgan, Egey dengizi sohilida, uch tomoni tog`. Aholisi 772 ming kishi (1995). Afina Pirey va shahar atrofi bilan birga Katta Afinani tashkil qiladi. Katta Afinaning maydoni 433,3 km2. Aholisi 3 mln. kishidan ortiq. Afina qadimiy shahar. Shaharning vujudga kelgan vaqti aniq emas, rivoyatlarga ko`ra Afina o`rnida miloddan avvalgi 16— 13-asrlarda qishloqlar bo`lgan. Mil. av. 5-asrda Afina iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishining eng yuqori pog`onasida bo`lgan. 395—1204 yillarda Vizantiya imperiyasi tarkibida. 1204— 1458 yillar Afina gersogligi poytaxti, 1458 yildan turklar tasarrufiga o`tgan. 1834 yildan Gretsiya poytaxti.

Afina sanoati

Afina — Gretsiyaning asosiy sanoat markazi, mamlakatdagi temir yo`l, avtomobil va havo yo`llarining yirik tuguni. Xalqaro Elinikon aeroporti bor. Afinadan 8 km narida mamlakatning eng yirik dengiz porti — Pirey joylashgan. Katta Afina Gretsiya umumiy sanoat mahsulotining 2/3 qismini beradi. Afinada to`qimachilik, tikuvchilik, ko`n poyabzal, oziq-ovqat, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, poligrafiya, metallsozlik va mashinasozlik (shu jumladan kemasozlik) sanoati korxonalari bor. Gilam, mebel, chinni buyumlar ishlab chiqariladi. Afina yirik savdo va moliya markazi. Afinada Fanlar akademiyasi (1926), ko`plab oliy o`quv yurtlari, jumladan Afina universiteti (1837), bir qan-cha tarix, arxeologiya va badiiy muzeylar (Akropol, Agora, Vizantiya) bor. Shaharning asosiy qismi Akropol qoyasi bilan Likavittos balandliklari o`rtasida bo`lib, yagona me`moriy reja asosida qurilgan. Shaharning eng qadimgi qismi miloddan avvalgi 7-asrda shakllangan. Shaharning Akropol atrofidagi qismi me`moriy va arxeologiya muzeyi sifatida saqlanmokda. Afinada Afina davlatining tarixiy yodgorliklari bor. Afinaning asosiy yodgorligi — Akropol bal. 156 m li qoyada joylashgan; Agora, Areopag va Pniks tepaliklari — ijtimoiy va siyosiy hayot markazlari. Akropolning bosh inshootlari: Propilei (miloddan avvalgi 437—432 yillar), Nike Apteros ibodatxonasi (miloddan avvalgi 420 yil), Erexteyon (miloddan avvalgi 421—406 yillar). Afinada Olimpiya Zevsi ibodatxonasi (miloddan avvalgi—2-asr milodiy), Lisikrat haykali (miloddan avvalgi 335 yil atrofida), «Shamollar minorasi» (miloddan avvalgi 1-asr o`rtalari) va b. ham saqlangan. O`rta asr me`moriy yodgorliklaridan Ayos — Elefterios (11-asr), Agoradagi Ayi — Apostollar (11-asr) cherkovlari bor. Yangi inshootlardan — «Olimpiya» teatri (1951), «Xiltonotel» (1959—63) qurilgan. Afinada 1896 yil I Olimpiada o`yinlari bo`lib o`tgan.


Qadimgi Afina

Yunoniston (hozirgi Gretsiya) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo`lgan shahar-davlat (polis). Afina Yunonistonning Attika deb atalgan tog`li joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma`lumotlarga ko`ra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina ma`budiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloklar birlashib Afina shahri vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9—8-asrlar). Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urug`chilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urug` aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Mil. av. 7-asrda Ada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli og`irlashgan edi. Mil. av. 594 yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) bo`ldi. U Afinada ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan o`zgartiradigan islohotlar o`tkazdi. Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urug`chilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan bo`ldi. Aristokrat naslidan bo`lgan Pisistrat o`z tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi 560 yilda o`zini Attika dehqonlarining dohiysi deb e`lon qildi va Afina ning mustabid hokimi bo`lib oldi. Pisistrat o`ziga qarshi bo`lgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivoj-landi, ibodatxona va b. qasrlar quril-di, suv quvuri o`tkazildi. Pisistrat va uning o`g`illari saroyga eng yaxshi adiblarni to`pladilar. Gomerning «Odisseya» va «Iliada» asarlari yozib olindi. Afina da dastlabki teatr vujudga keldi. Pisistrat vafot etgandan so`ng (miloddan avvalgi 527 yil) hokimiyat uning o`g`illari Gippiy va Gipparxga o`tdi. Pekin mustabid hokimlik uzoq davom etmadi. Gipparx fitnachilar tomonidan o`ldirildi, Gippiy esa hokimiyatdan haydaldi (510 yil). Yirik savdogar va hunarmandlar vakili Klisfen xalq qo`zg`oloniga boshchilik qilib, hokimiyatni qo`lga oldi (508 yil). U to`rtta urug`chilik okrugi o`rniga unta hududiy okrug tashkil etdi. Shu bilan urug`chilik jamoasi tuzumining so`nggi qoldiqlariga barham berildi. Mil. av. 5-asr boshida yunon-fors urushlari boshlandi. Marafon jangit (miloddan avvalgi 490 yil) yunonlar forslarga qattiq zarba berdilar. 480 yil Kserksning juda katta qo`shini Bolqon yarim oroliga bostirib kirdi. Salamin o. yonidagi dengiz jangida yunonlar g`alaba qildilar. Afinada Egey dengizi davlatlarining birlashuvidan iborat Delos ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq keyinroq A ning dengizdagi hukmronli-gini ta`min etdi. Afina dan tashqariga vino, zaytun moyi, turli hunarmandchilik buyumlari chiqarilar, chetdan asosan, qullar, g`alla va yog`och keltirilar edi. Afinada Perikl davri (miloddan avvalgi 5-asr o`rtalari) qadimgi quldorlik demokratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni bo`yicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan Xalq majlisi — oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi, chek tashlash yo`li bilan sayla-nadigan 500 lar kengashi davlatning ma`muriy-nazorat organi hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qo`lida edi. «Perikl oltin asri» deb atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri bo`ldi. Bu davrda Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Yevripid kabi adiblar yashagan, katta-katta imoratlar — qasrlar vujudga kelgan. Me`morchilik ustalari — Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina ma`budasi ibodatxonasi — Larfenonii bunyod etganlar. Bu kasr kdd. me`morlik madani-yatining eng yaxshi namunalaridan biri bo`lib qoldi. O`sha vaqtlarda Afina yozuvchilarining tili (attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afina ga bo`ysundirishga qaratilgan tashqi siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruxlar orasida Sparta boshchi-ligidagi Peloponnes ittifoqiniyat e`tibori baland edi. Peloponnes ittifoqi demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoklab chiqdi. O`rtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli bo`lgan Peloponnes urushini (miloddan avvalgi 431—404) keltirib chiqardi. Urushda mag`lubiyatga uchragan Afina o`zining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yo`qotdi. Lekin bu mag`lubiyatdan so`ng ham Afina davlati yana ancha vaqtgacha qadimgi dunyo madaniyatining eng yirik markazlaridan biri bo`lib keldi. Mil. av. 338 yil Makedoniya podshosi Filipp II Xeroneyadagi jangdan so`ng Yunonistonni o`ziga bo`ysundirdi. Afina bilan Rim imperiyasi o`rtasidagi do`stlik munosabatlari miloddan avvalgi 88 yil gacha davom etib keldi. 86 yilning 1-martida rimliklar Afinani bosib oldilar, ko`pgina bino va qasrlar vayron qilindi. Ammo Rim sarkardasi Sulla Afinaning o`tmishdagi shuhratini e`tiborga olib, unga «ozodlik» in`om etdi. Mil. av. 27 yil butun Yunoniston Rim imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Shunda ham Afina o`z-o`zini mustaqil idora etar, Rim noibiga itoat etmas, soliqto`lamas edi. Afina ilmiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yo`qotmadi, badavlat rimliklar shu yerga kelib ma`lumot olar edilar. Rim imperatorlarining ba`zilari, ayniqsa, Adrian Afinaga alohida ahamiyat berib, unda kurkam imorat, ibodatxonalar qurdirgan, kutubxona va gimnaziyalar tashkil etgan. Mil. 3-asrdan varvarlar istilosi boshlangandan keyin Afina uzil-kesil tanazzulga yuz tutdi. Vizantiya imperiyasi barpo etilishi bilan Afina dagi san`at va madaniyatning buyuk yodgorliklari Konstantinopolga olib ketildi. 529 yilda Vizantiya imperatori Yustiniannit buyrug`iga binoan Afinada oxirgi maktablar yopildi. Shu bilan qadimgi Afina madaniy tarixi tugadi.

Afina sanati

Afina (Afina Pallada)- yunon afsonalaridagi urush va g`alaba, san`at va hunarmandchilik, bilim va donolik ma`budasi. Zevsning qizi. Zevsning boshidan to`la qurollangan holatda (dubulg`a va sovut bilan) tug`ilgan. Afina shahrining homiysi. Rim afsonasidagi Minervaga mos keladi. Yunon san`atining nodir yodgorligi bo`lgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi oldiga Afinaning jasur kiz shaklida tasvirlangan katta xaykali kuyilgan. Afina shaxriga bu ma`budaning nomi kuyilgan.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. http://referat.arxiv.uz


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80