Affekt

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Affekt

Affekt (lot: affectus — ruhiy hayajon, ehtiros) — Turli tashqi yoki ichki ta`sirlar asosida tez paydo bo`lib, qisqa muddatli, aksariyat hollarda «portlash» tarzida bo`ladigan kuchli ifodalanadigan hissiy holat (qo`rqinch, dahshat, g`azab va b.). Affekt tushkunlik, tang vaziyatlarda yuzaga keladi. Affekt holatida ichki organlar faoliyati o`zgaradi, keskin ifodali holatlar paydo bo`ladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqni nazorat qilish qobiliyati yo`qoladi. Affekt fiziologik ham, patologik ham bo`lishi mumkin. Fiziologik Affektda kishi o`z xatti-harakatini idora eta olishi, keyinchalik barcha voqealarni xotirasida saqlab qolishi mumkin. Patologik Affekt ko`proq ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Ba`zan ruhiy sog`lom odamlarda ham kuzatilishi mumkin. Patologik Affektda barcha xatti-harakatlar kishi xotirasida saqlanmaydi, shaxsning xatti-harakatlari ong tomonidan nazorat kilinmaydi. Odamda Affekt fakat uning jismoniy holati, biologik ehtiyojlari va instinktlari kabilarga bog`liq omillar tufayli emas, balki uning ijtimoiy munosabatlarining buzilishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, adolatsizlik, bevafolik, haqorat sh.k. holatlarda. Ba`zan Affekt biror salbiy holatni yuzaga keltiruvchi vaziyatlarning takrorlanaverishi natijasida ham sodir bo`ladi. Bunday vaziyatlarda Affekt akkumulyatsiyasi holati ro`y beradi, uning natijasida Affekt kuchli, boshqarib bo`lmaydigan xulqdarajasiga ko`garilishi mumkin (affektiv portlash). Affektni o`rganish sud-psixiatrik hamda sud-psixologik ekspertiza amaliyotida jinoiy xatti-harakatlarning asl sababini aniqlashda zaruriy shartlardan biri bo`lib, adolatli hukm chiqarishda katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O`zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80