Aerostatika

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Aerostatika

Aerostatika — Aeromexanikaiint gazlar (ayniqsa, havo)ning muvozanat shartlarini va ularga botirilgan qattiq jismlarga ta`sirini o`rganuvchi bo`limi. Gidrostatikaniig ba`zi qonunlari Aerostatika uchun ham umumiydir. Suyuqliklardan farqli ravishda gazlar o`z-o`zidan cheksiz kengayish va tashqi bosim ostida siqilish xususiyatiga ega. Yer sirtidan yuqorilashgan sari havo zichligi kamaya boradi. Yer sirtida havo zichligi eng ko`p bo`ladi. Havo va gaz zichligi ko`tarish kuchiga ta`sir qiladi. T-ra pasayganda va bosim ko`tarilganda zichlik ortadi va, aksincha, Yer sirtidan yuqorilashgan sari atmosferaning fizik xususiyatlari o`zgara boradi: havo zichligi kamayadi, temperatura, namlik o`zgaradi va h. k. Havo bosimi dengiz sathidan boshlab hisoblanadigan balandlikdan yuqori ko`tarilgan sari (havo temperaturasi balandlik bo`yicha o`zgarmasa) ko`rsatkichli (Eksponensial) muayyan qonun bo`yicha o`zgaradi. Bu qonun quyidagi formula bilan ifodalanadi:

Formula.jpg

Bu barometrik formula deb yuritiladi. Bunda — havoning h = 0 dagi solishtirma og`irligi; />0— bosimning h = 0 dagi qiymati, r0 esa h balandikdagi bosim. Atmosfera temperaturasining balandlik bo`yicha o`zgarishi tufayli Barometrik formulax tuzatmalar kiritish zarur.

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80