Aerofagiya

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Aerofagiya (aero... va yunoncha phagein — yutmoq) — havo yutish. Ovqat yutganda qisman havo yutish tabiiy hol. Lekin quruq havo yutish ga odatlanish kasallikka sabab bo`ladi. Odatda shoshib va gaplashib turi b ovqat eyish, ba`zan ko`p so`lak ajralishi natijasida Aerofagiya ro`y beradi. Surunkali gastrit, kolit, me`da yarasi va gipotoniyasi, koronar tomirlar kasalligi, aorta anevrizmasida ham paydo bo`lishi mumkin. Emadigan bolalarning quruq teshik so`rg`ich so`rib yurishi ham Aerofagiyaga sabab bo`ladi. Yutilgan havoning bir qismi kekirganda chiqib ketadi, qolgani me`dani shishiradi, ichakka o`tib, faoliyatini izdan chiqaradi, peristaltikasi buzil adi, bemor qayt qilib, qorni og`riydi; bola ishtahasi yo`qolib, ozib ketadi. Psixiatriyada Aerofagiya nevrozning ayrim turlarida kuzatiladi. Davos i: psixoterapiya, so`lak, balg`am yutmaslik, ovqatlanayotganda gapirmasdan oz-ozdan ovqat eyish, me`dada ko`p turib qoladigan ovqat emaslik, gazli ichimliklar ichmaslik tavsiya etiladi. Bolalarga so`rg`ichni quruq so`rdirmaslik, havo yutishga odatlanishga yo`l qo`ymaslik, qorin shishib og`riganda bolaning holatini o`zgartirib, havoni chiqarib yuborish chorasi ko`riladi.


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80