Abdurahmon oftobachi

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Abdurahmon oftobachi (taxminan. 1844—1884, Orenburg) — Qo`qon xonligida oftobachi, so`ngra parvonachi, mingboshi. Quqon xonligining janubidagi tog`li viloyatlarda yashovchi qirg`izlar va qipchoqlarning bir qismi tomonidan Xudoyorxonning zulmiga, xususan soliq siyosatiga qarshi boshlangan qo`zg`olon rahbarlaridan. Ularga o`zbek va tojiklar qo`shilib umumxalq harakatiga aylanib ketgan (q. Po`latxon qo`zg`oloni). Xudoyorxon qo`zg`olonni bostirish uchun Abdurahmon oftobachi va Isa avliyo boshchiligida qo`shin jo`natgan, biroq ular qo`zg`olonchilar tomoniga o`tgan. Qo`zg`olonchilar O`sh, Namangan, Andijon va Asakani olganlar. Xon qo`zg`olonni bostirish uchun Turkiston general-gubernatorligidan yordam so`ragan va uni kutmay Toshkentga qochgan. M. D. Skobelev boshchiligidagi jazo qo`shini Qo`qonga 1875 yil 13 iyulda yetib kelgan. Qo`zg`olonchilar 1873 yil dayoq Po`latxonni xon deb e`lon qilganlariga qaramay Abdurahmon oftobachi Xudoyorxon qochib ketgandan so`ng taxtga Xudoyorxonning katta o`g`li Nasriddinbekni o`tqazadi. Abdurahmon oftobachi qo`zg`olonchilar safini yangi kuchlar bilan to`ldirib, qipchoqlar va oddiy jangchilarga dahboshi, ellikboshi kabi unvonlar berib, ularni yangidan tuzilayotgan qo`shinlarga boshliq etib tayinlagan. 1875 yil 22 avg.da Mahram jangi bo`lib, unda qo`zg`olonchilar yomon qurollanganliklari, harbiy mahorat yo`qligi tufayli yengilganlar. 8—9 sentabr da Abdurahmon oftobachining 5 ming kishilik lashkari M. D. Skobelev qo`shini bilan Mingtepa qishlog`ida jang qilib mag`lubiyatga uchragan. Abdurahmon oftobachi 25 yigiti bilan O`zganga qochgan. Bu janglarda Po`latxon Abdurahmon oftobachiga yordam bermagan. Abdurahmon oftobachi va Po`latxonlarning o`zaro raqobatidan foydalangan rus qo`shinlari Qo`qon, Marg`ilon va O`shni jangsiz egallaydi. M. D. Skobelev Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi qipchoqlarga uzil-kesil zarba berish uchun qipchoqlarning Norin bilan Qoradaryo oralig`idagi qishlov yeriga 1876 yil qishida harbiy ekspeditsiya uyushtirgan. Qo`zg`olon¬chilar bundan xabar topib rus qo`shinini Andijonda kutib olganlar. 1876 yil 8 yanvardagi jangda qo`zg`olonchilar yana mag`lubiyatga uchraganlar. 18yanvarda Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi lashkar Asakada yengilib, shaharni tashlab chiqkrn. 19 yanvda Po`latxon sulh taklif etib Xo`jandga K. P. Kaufman huzuriga elchilarini yuborgan. Bundan Abdurahmon oftobachini rus ayg`oqchilari ogoh etadilar. Abdurahmon oftobachi o`z hayotini saqlab qolish va mavqega ega bo`lish ilinjida 1876 yil 20 yanvda taslim bo`lishi haqida muzokaralar olib borish uchun ishonchli kishilarini jo`natgan, 24 yanvarda general M. D. Skobelev bilan shaxsan uchrashganidan so`ng o`z safdoshlari (26 safdoshi va 400 jangchi) bilan taslim bo`lgan. Abdurahmon oftobachi o`z tasarrufidagi qo`zg`olonchilarni tarqatib yuborgan, bu bilan quzg`olon mag`lubiyatga mahkum etilgan.


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80