Abdullayeva Yayra Umarovna

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Yayra Abdullayeva

Abdullayeva Yayra Umarovna (1930.14.8, Andijon) — O`zbekiston xalq artisti (1964). Lizaxonim Petrosovaning qizi. Toshkent san`at institutini tugatgan (1950). Ijodi G. Rahimova rahbarligidagi front konsert brigadasida boshlangan (1945). 1950 yildan Hamza teatrida. Hafiza (A. Qahhor, «Shohi so`zana»), Guli (Uyg`un, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Katerina (A. Ostrovskiy, «Momaqaldiroq»), Gulbahor (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Gulnor (Oybek, «Qutlug` qon»), Turg`unoy (I. Sulton, «Noma`lum kishi»), Xemnolini (R. Tagor asari asosida, «Gang daryosining qizi») kabi obrazlarida turli toifadagi xotin-qizlar hayoti, ularning qismati, jasorati va olijanobligini mujassamlantirdi.


Key (M. Kaoru, «O`g`irlangan umr») obrazi Abdullayeva Yayra ijodining cho`qqisi bo`lib, u yapon ayolining mashaqqatli hayot yo`lini, taqdirini psixologik teranlik va izchillik bilan ochib berdi. Regana (U. Shekspir, «Qirol Lir»), Mariya Styuart (F. Shiller, «Mariya Styuart») obrazlari bilan psixologik va fojiaviy rollar ustasi sifatida tanildi. Abdullayeva Yayra ovoz, imo-ishora, kinoya va b. ifoda vositalaridan ustalik bilan foydalanadi. Nodirabegim (T. To`la, «Nodirabegim») obrazi Abdullayeva Yayra ijrosida ulug`vor, olijanob malika va otashin ijodkor sifatida namoyon bo`ldi. Abdullayeva Yayraning kinodagi asosiy rollari: Gulbahor («Boy ila xizmatchi»), Dildor («Opa-singil Rahmonovalar»), Ra`no («Stadionda uchrashamiz»), Saodat («Hamza»), Xatira («Vijdon amri bilan») va b. Hamza nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlangan (1998).



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. http://www.fondforum.uz/imgs/news/


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80