Abdullayeva Nasiba

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Nasiba Abdullayeva


Abdullayeva Nasiba (1961.15.11, Samarqand) — o`zbek xonandasi. O`zbekistan xalq artisti (1993). Samarqand musiqa studiyasini (1979), Toshkent davlat madaniyat institutini (1989) tugatgan. Dastlab ijodini xalq qo`shiqlaridan boshlagan. «Xorazm lazgisi», «Barigal», «Tanavor», shuningdek sharq xalqlari qo`shiqlari bilan tanildi. Lirik mayinlik, badiiy mahorat, teran mazmun, yoqimlilik va shiradorlik Abdullayeva Nasiba ijodiga xos. Muhabbat haqidagi qo`shiqlarni mahorat bilan ijro etadi. «Arzimni aytdim», «Jonim mening», «Yoqasiz jonim», «Majnuntol», «Malak», «Aylanayin» va boshqalar shular jumlasidan.

Boshqa xalqlar qo`shiqlari ham Abdullayeva Nasiba ijodida muhim o`rin tutadi: «Sanada galmas», «Ayriliq» (ozarbayjon), «Ishq umidiman» (eron), «Ro`yalarda bo`lushursiz» (turk) va b. Bir qancha xorijiy mamlakatlarda gastrolda bo`lgan. Abdullayeva Nasiba ijodiga bag`ishlab «Nasiba» telefilmi («O`zbektelefilm», 1989) ishlangan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999). Nasiba Abdullayeva ijrosida taronalarni ushbu ) link orqali ko'chirib olishingiz mumkin



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80