Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Ошибка создания миниатюры: По видимому, отсутствует файл /var/www/user/data/www/wiki.arxiv.uz/images/8/8b/Abdulhaq_Abdullayev._«Buvi_va_nevara»_(1960).jpg
Abdulhaq Abdullayev. «Buvi va nevara» (1960)

Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston shahri) — rangtasvir ustasi. O`zbekiston xalq rassomi (1968), O`zbekiston BA faxriy a`zosi (1997). Samarqand badiiy bilim yurtida (1931 — 36) va Moskva badiiy institutida (1938 — 41) ta`lim olgan. Ijodini manzara va portretlar chizish bilan boshlagan («Hovuz bo`yida», 1932; «Yoz», 1937; «Do`stim portreti», 1937). Kishilarning holat va kayfiyati, ma`naviy, yorqin qiyofalari mohirona ifodalangan portretlari bilan mashhur: «Abror Hidoyatov Otello rolida» (1946), «Mannon Uyg`ur» (1946), «Oybek» (1949), «Nazarali Niyozov» (1949), «Jiyan Shahlo» (1959), «Komil Yashin» (1960), «Navoiy» (1973), «Y. To`raqulov» (1975), «O. Sodiqov» (1978) va b.; shuningdek ruhiy dunyosi va kechinmalari ifodali tasvirlangan («Muallif portreti», 1937;) Manzaralar («Yomg`irdan so`ng», 1954; «Bahor keldi», 1955; «Xumsonda», 1961 va b.), natyurmortlar («Olma», 1962; «Uzum va shaftoli», «Qovun bilan xandalak», 80-yillar va b.) muallifi. 1957 yil Hindiston safari taassurotlari asosida bu o`lka manzaralari («Tongda Tojmahal»), kishilari (I. Gandi, S. Ketchlu)ni etyud va kartinalarida aks ettirgan. 80-yillarda O`zbekistonning mashhur kishilarining portretlarini ishladi. Asarlari xalqaro ko`rgazmalarda namoyish qilingan. Navoiy portretini yaratish ustida izlanishlar mahsuli sifatida yuzaga kelgan asarlari Toshkentdagi Adabiyot muzeyida (1968), Andijon adabiyot va san`at muzeyida (1969), O`zbekiston san`at muzeyida (1980—84) va b. joylarda saqlanadi. Hamza nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1998).


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. A. Abdullayev: Albom reproduksiy, T., 1983.


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80