AHMEDOV Yoqub

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск
Ahmedov Yoqub

AHMEDOV Yoqub (1938.3.1, Namangan)- O`zbekiston xalq artisti (1974). Toshkent san`at instituteni tugatgan (1959). 1958 yildan Hamza teatrida. Dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulug`bek»), Murod (Uyg`un, «Parvona»), Leyster (F. Shiller, «Mariya Styuart») kabi rollari bilan o`z ijod yo`lini belgilab oldi. A. ijodi ijtimoiy va g`oyaviy mazmunga to`la, ufqi keng, ko`p qirrali. Qahramon xatti-harakatlarini to`g`ri gavdalantirish bilan birga uning ruhini, tafakkur kuchini, fikr va hissiyotlar to`lkinini, uning kayfiyatini, buyuk insoniy fazilatlarini ochishga intiladi. Eng yaxshi rollari: Hakimboyvachcha (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Sakson Nurtoevich (O. Jahonova, «Hazrati ayol»), To`lagan (A. Ibrohimov, «Puch»), Kayxisrav (S. Sirojiddinov, «To`maris»), Alisher Navoiy (Uyg`un, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Ikromjon (S. Ahmad, «Ufq») va b. Kinoda: Furqat («Furqat»), Amir Olimxon («Qora konsulning halokati»), Shayx Ismoil («Olovli yo`llar»), Sultonali («Zulmatni tark etib...»), Ota («Ketma»), Azizbek, Yusufbek hoji («O`tgan kunlar») kabi rollari bilan tanildi. Shuningdek, bir qancha video filmlarda ham turli xarakterdagi kishilar obrazini yaratdi: Muhiddin (O. Yoqubov, «Ulug`bek xazinasi»), Rasul Olloyorovich (O`. Usmonov, «Girdob»), Alisher Navoiy (Oybek, «Alisher Navoiy»), Sandro (N. Dumbadze, «Abadiyat qonuni») va b. Alisher Navoiy obrazini A. o`ziga xos talqin etdi. «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. http://www.ziyonet.uz/ru/people/yakub-ahmedov/ 3. http://etvnet.com/encyclopedia/d/person/ahmedov-4/

Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80