ABDREIMOV Quatboy

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

ABDREIMOV Quatboy (1937.24.5, Qoraqalpog`iston, Taxtako`pir tumani) — qoraqalpoq aktyori va rejissor O`zbekistan xalq artisti (1974). Toshkent davlat san`at institutini tugatgan (1963). Qoraqalpoq televideniyesida rejissor (1963-68), bosh rejissor (1968-71), Qoraqalpoq teatrida direktor va bosh rejissor (1973-79), 1979 yildan rejissor Sahnalashtirgan asarlari: «Otello» (U.Shekspir, Otello rolini o`zi ijro etgan), «Momo yer» (Ch.Aytmatov), «Abu Rayhon Beruniy» (T.Seytjanov), «Berdaq» (J.Oymurzayev), «Bilmayin bosdim tikonni» (I.Sulton), «Temir xotin (SH.Boshbekov),«Ernazar olako`z» (A.O`taliyev) va b. Abdreimov birinchi qoraqalpoq kino aktyori. «O`zbekfilm va «Qozoqfilm» kinostudiyalarida ishlangan 20 dan ortiq filmlarda suratga tushgan: Alijon («Hamza»), Ergash («Otalar vasiyati»), Valijon («Afsonadagi qiz»), Zaripboy («Bo`ysunmas») va b. Berdaq nomidagi Qoraqalpog`iston Davlat mukofotining laureati (1973). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil

Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80