ABDOL SULTON

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к навигации Перейти к поиску

ABDOL SULTON, asl ismi Abdumalik sulton (?— 1580) — shayboniy sultonlardan, Ko`chkunnixon nevarasi, Abdullatifxonning o`g`li, Iskandarxon hukmronligi davri (1561—83)da Zomin hokimi bo`lgan. Taxt uchun kurashlarda mag`lub bo`lib Ko`histon, so`ng Hisori Shodmonga qochib ketgan; o`sha yerda O`zbek sulton tomonidan o`ldirilgan. Samarqanddagi Ko`chkunchixon madrasasiga dafn etilgan. A.S. «Xush» taxallusi bilan she`rlar ham yozgan.


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati[править]

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil