ABBOS BAHODUR

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к навигации Перейти к поиску
Abbos Bahodur. (?-1387)

ABBOS BAHODUR, Abbos bahodur qipchoq, Abbosbek (?—1387) — Amir Temurning safdoshi, yirik lashkarboshi. Jeta mo`g`ullariga qarshi kurashda faol qatnashgan. Abbos Bahodur Jangi loyda Amir Temur cherikinpng qanbulida (markazida) turib, katta jasorat ko`rsatgan. 1370 yil amir Husayn bilan bo`lgan so`nggi jangda Amir Temur tarafida jang qilib, ko`p bahodirlik ko`rsatgan. 1370 yil 9 aprelda amir Husayn ustidan to`la g`alabaga erishilgach, Amir Temur Abbos Bahodurga boshqa yirik lashkarboshilari qatorida amiri lashkar (cherik begi) harbiy unvonini bergan. Abbos Bahodurning yoshi Sohibqironga nisbatan ulug`roq bo`lgan bo`lsa kerak, chunki u 1385 yilgacha bo`lgan harbiy yurishlarda faol qatnashib, shu yildan e`tiboran ko`proq o`g`ruqda qoldirilgan. Xususan u 1386 yil boshlangan «uch yillik yurish»da ishtirok etmay, Samarqandda «Movarounnahr viloyatining zabti uchun» qoldirilgan. 1387 yil oxirida To`xtamishxon Movarounnahrga bostirib kelganida u bilan O`trordan 5 km sharqroqda joylashgan Chukalak mavzeida bo`lgan jangda yarador bo`lib, vafot etgan.


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati[править]

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil
2. http://referat.arxiv.uz